Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Tromb rekanalizatsiyasi

Tromb rekanalizatsiyasi


Ichki uyqu arteriyasi devorida paydo bo‘lgan tromb yuqori va pastga qarab kattalashib boradi. Ayniqsa, karotid sinus yonida tromb paydo bo‘lishi o‘ta xavflidir. Chunki u miyaning o‘rta (a.cerebri media) va oldingi (a.cerebri anterior) arteriyalarini tiqib qo‘yadi. Bunday holatlarda bosh miyaning deyarli yarmini zararlovchi og‘ir ishemik insult rivojlanadi. Tromboz shakllanayotgan joyning ichki devorida kaltsiy tuzlari va lipidlardan iborat g‘adir-budur qatlamlar paydo bo‘ladi, limfotsitar infiltratsiya va fibroblastlar proliferatsiyasi shakllanadi va tomirning mushak qatlami g‘adir-budur bo‘lib qoladi. Biroq keyinchalik tromboz ro‘y bergan joyda qon o‘tkazuvchi yangi kanallar, ya’ni tomirlar paydo bo‘lishi mumkin. Bu jarayon tromb rekanalizatsiyasi deb ataladi. Buning natijasida bosh miyani qon bilan ta’minlash biroz bo‘lsa-da qayta tiklanadi. Bu jarayon ijobiy bo‘lishiga qaramasdan, nevrologik funktsiyalarning qayta tiklanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Qayta paydo bo‘lgan mayda tomirlar mo‘rt bo‘ladi. Umumiy gemodinamikaning o‘zgarib turishi, tana haroratining ko‘tarilishi bilan kechuvchi turli infektsiyalar ushbu mo‘rt tomirlarning yorilishiga va nuqtali qon quyilishlarga olib keladi. Bu o‘ta xavfli vaziyat bo‘lib, tromblarning yanada kattalashuvi va uzayishiga sababchi bo‘ladi.


Manba:  ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
              ©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
              ©Z. Ibodullayev. Insult va koma, Toshkent, 2013., 193 b.
              © Ibodullayev ensiklopediyasi ©asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив