Somnolentsiya


Somnolentsiya – uyqusirash bilan namoyon bo‘luvchi ong buzilishi. Somnolentsiya holatida odamda begona nutqni qabul qilish qobiliyati so‘nadi, atrofida nima bo‘layotganini bilmaydi. Somnolentsiya – haqiqiy uyqu va bedorlik orasidagi mudroq holat. Mudroq holatga tushib qolgan odamning qulog‘iga atrofdagi gap-so‘zlar tovushdek kirib turadi xolos, anglanmaydi.  Somnolentsiya og‘ir sindrom bo‘lmasdan, charchagan har qanday sog‘lom odamda ham uchraydi. Masalan, tuni bilan shifoxonada navbatchilik qilib, ertasi kuni professorning ma’ruzasida mudrab o‘tirgan talaba somnolentsiya holatidagi talabadir.  


Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.  
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; 
             ©asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив