Spino-adduktor refleks
Refleks quyidagicha chaqiriladi. Bemordan kushetkaga o‘tirish so‘raladi. Bunda oyoqlar orasi ochiq qoldirilishi kerak. So‘ngra vrach bemorning umurtqa pog‘onasi o‘siqchasiga nevrologik bolg‘acha bilan tepadan pastga qarab urib keladi. Perkutor urishlar yon ustundan o‘tuvchi markaziy piramidal yo‘llar zararlangan joyga yaqinlashgan sayin, orasi ochiq turgan ikkala oyoq bir-biriga yaqinlasha boshlaydi. Bu holat turli etiologiyali pastki spastik paraplegiya uchun juda xos. Zararlanish yoki demielinizatsiya qaerda kuchli bo‘lsa, o‘sha erda spino-adduktor refleks yaqqol chaqiriladi.
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha