Spinal ildizcha va spinal nerv
Oldingi yon egatchadan oldingi ildizcha (radix anterior), orqa yon egatchadan orqa ildizcha (radix posterior) chiqadi. Oldingi ildizcha harakat tolalari, ya’ni oldingi shoxning motor neyronlari aksonlaridan iborat. Orqa ildizcha sezgi tolalari, ya’ni spinal gangliyada yotgan psevdounipolyar neyron aksonlaridan tashkil topgan. Oldingi va orqa ildizchalar birlashib spinal nervni (n. spinalis) hosil qiladi. Demak, n. spinalis aralash nerv bo‘lib, canalis vertebralis dan chiqmasdanoq hosil bo‘ladi.
Umurtqa pog‘onasi segmentlari qancha bo‘lsa, spinal segmentlar soni ham shuncha, ya’ni 31 ta umurtqa segmentiga 31-32 ta spinal segment to‘g‘ri keladi. Orqa miyadan 31-32 juft spinal nerv chiqadi.
Har bir spinal nerv tananing ma’lum bir qismini innervatsiya qiladi. Bunga metamer deb aytiladi. Ushbu metamer tarkibidagi muskullar innervatsiyasiga miotom, suyaklar innervatsiyasiga sklerotom, teri innervatsiyasiga dermatom deyiladi.
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha