Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi PSIXOLOGIK YoShMI YoKI BIOLOGIK?

PSIXOLOGIK YoShMI YoKI BIOLOGIK?


Odamlar shaxsini turli usullar bilan tahlil qilgan psixologlar psixologik yosh va biologik yosh degan atamalarni taklif qilishgan. Agar odamning xulq-atvoridagi xislatlari uning biologik yoshidan ancha ilgarilab ketib, katta odamni eslatsa, uning psixologik yoshi biologik yoshdan ustun deb qabul qilinadi.

Masalan, 5 yashar bolaning gap-so‘zlari, o‘zini tutishi 10 yashar bolani yoki 20 yashar talaba 30–35 yoshdagi kishining xulq-atvorini eslatsa, demak, psixologik yosh biologik yoshdan ancha ilgarilab ketgan. Bundaylarni, odatda, aqlli bola yoki aqlli inson deb ta’riflashadi, ularni hamma hurmat qiladi. Ular o‘ta mas’uliyatli bo‘lishadi, mustaqil hayotga erta qo‘l urishadi, ota-onasining eng yaqin yordamchisi bo‘lishadi, kattalar bilan bemalol muloqotga kirishib keta olishadi. Mas’uliyatli ishlarni doimo ularga topshirishadi, yosh bo‘lsa-da, katta lavozimlarga taklif qilishadi.

Agar odamning xulq-atvoridagi xislatlari uning biologik yoshidan ancha orqada qolib ketgan bo‘lsa, o‘zini tutishi bola yoki o‘smirning qiliqlarini eslatsa, bunday shaxslarning psixologik yoshi biologik yoshidan orqada qolgan deb hisoblanadi. Psixologik yoshi orqada qolgan 10 yashar bolaning gap-so‘zlari, o‘zini tutishi 5 yashar bolani yoki 25 yashar talabaning o‘zini tutishi maktab o‘quvchisining qiliqlarini eslatadi. Ular o‘zidan kichik yoshdagilar bilan o‘ynashni xush ko‘rishadi, xatti-harakatlari isterik bemorlarga o‘xshaydi, engiltak bo‘lishadi, jiddiy ishlarga yuzaki qarashadi yoki qo‘l urishmaydi, tengdoshlari ularga (ayniqsa, qiz bola bo‘lsa) tegajoqlik qilib yurishni xush ko‘rishadi.

Bolani juda erkalatib tarbiyalash yoki 14-15 yoshdagi o‘spiringa 4-5 yashar boladek munosabatda bo‘lish psixologik yoshning orqada qolib ketishiga sabab bo‘ladi. Ular ulg‘ayganda mas’uliyatsiz bo‘lib etishadi, o‘zlari biron bir ishni mustaqil eplay olishmaydi, birovga qaram bo‘lib o‘sishadi. Ularni maqtasa, yosh boladek xursand bo‘lib kulishadi, yoshiga xos bo‘lmagan qiliqlar qilishadi. Bunday holatlarda puerilizm haqida so‘z ketadi.

Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив