Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Ob’ektiv tekshiruvlar

Ob’ektiv tekshiruvlar


Ob’ektiv tekshiruvlar – klinik tashxis qo‘yishning eng muhim bosqichlaridan biri. Shu bois bunday tekshiruvlarga jiddiy e’tibor beriladi. Avval bemorning umumiy ahvoli (qoniqarli, qoniqarsiz, og‘ir) baholanadi. Gavda tuzilishi obdon ko‘zdan kechiriladi. Boshi, umurtqa pog‘onasi va qo‘l-oyoqlari ko‘rib chiqiladi. Tanadagi jarohat izlariga e’tibor qaratiladi. Tana vazni va harorati o‘lchanadi. Teri qoplamlari va shilliq qavatlar holati o‘rganiladi, limfa tugunlari paypaslab ko‘riladi.

Ob’ektiv tekshiruvlar yurak-qon tomir faoliyati (AQB, yurak toni, ritmi, yirik tomirlar auskultatsiyasi, puls), nafas olish sistemasi (yuqori nafas yo‘llari, nafas olish ritmi, ko‘krak qafasi auskultatsiyasi va perkussiyasi), endokrin bezlar (qalqonsimon bez) palpatsiyasi, oshqozon-ichak sistemasi (og‘iz bo‘shlig‘i, tish va milklar holati, qorin palpatsiyasi jigar va taloq holati), siydik ajratish sistemasi o‘rganiladi va tekshiriladi. Aniqlangan patologik o‘zgarishlar anketaga qayd qilinadi.

Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив