ARAN-DYUSHЕN SPINAL AMIOTROFIYASI
Aran-Dyushеn spinal amiotrofiyasi katta yoshdagilar, ya’ni 40-60 yoshlarda boshlanadi. Uning dastlabki simptomlari – qo‘l panjalari muskullari atrofiyasi. Atrofiyalar tеnar va gipotеnarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Atrofik jarayon bir nеcha yillardan so‘ng qo‘l va oyoqlarning proksimal muskullariga tarqaladi. Qo‘l panjasi esa maymun panjasiga o‘xshab qoladi. Ba’zida atrofik jarayon til va yutqum muskullariga tarqaydi. Kasallik juda sust kеchadi yoki ma’lum bir bosqichga borib to‘xtab qoladi. Hozirda bu kasallikka alohida nozologiya sifatida qaralmaydi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha