Araxnoidal parda
Arachnoidea (o'rgimchak to'risimon parda) qattiq va yumshoq pardalar orasida joylashgan. Nomidan ko'rinib turibdiki, uning tuzilishi o'rgimchak to'riga o'xshaydi. Yupqa biriktiruvchi to'qimadan iborat ushbu pardani araxnoidal parda deb ham atashadi.
Araxnoidal parda usti bo'ylab o'tgan serebral venalar qattiq parda ichiga kirib ketadi va sinuslar bilan qo'shiladi. Biroq, araxnoidal pardaning o'zida qon tomirlar yo'q. Arachnoidea yumshoq pardaning tomirlari orqali diffuz yo'l bilan oziqlanadi (13.3-rasm).Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. T.:, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha