Arjil-Robertson sindromi
Qorachiqlaming yorug'likka to'g'ri va hamkor reaksiyasi buzilib, konvergensiya va akkomodatsiyaga reaksiyasi saqlanib qolsa, to'g'ri Arjil-Robertson sindromi deyiladi. Bu holat neyrozahm uchun xos. Zahm o'tkazgan bemorning qorachiqlari yorug'likda toraymaydi. Aksincha, qorachiqlaming konvergensiya va akkomodatsiyaga reaksiyasi buzilib, yorug'likka to'g'ri va hamkor reaksiyasi saqlanib qolsa, buni teskari Arjil-Robertson sindromi deyishadi. Ushbu holat ensefalit (ayniqsa, letargik ensefalit) uchun xos.
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha