Asinergiya


 Harakatlanish mobaynida oyoq-qo'llar va gavdada sinergik harakatlar bo'lmasligiga asinergiya deyila­di. Babinskiy asinergiyasini tekshirish usulini keltirib o'tamiz. Bemordan qattiq joyda tepaga qarab yostiqsiz yotish so'rala­di. Oyoqlar orasi yelka kengligida ochilgan, qo'llar ko'krak sohasida bir-biriga X-simon qilib o'tkazilgan bo'ladi. Bemorga oyoqlarni tizzada bukmasdan gavdani oldinga bukish, ya'ni o'tirishga harakat qilish so'raladi. Bu paytda bemorning ikkala oyog'i ko'tarilib ketadi, ya'ni gavdani ko'tarishdan oldin oyoq­lar ko'taradi 
 
Manba:    © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha