Arjil-Robertson sindromi
Arjil-Robertson sindromi. Qorachiqlarning yorug‘likka to‘g‘ri va hamkor reaktsiyasi buzilib, konvergentsiya va akkomodatsiyaga reaktsiyasi saqlanib qolsa, to‘g‘ri Arjil-Robertson sindromi deyiladi. Bu holat neyrozahm uchun xos. Zahm o‘tkazgan bemorning qorachiqlari yorug‘likda toraymaydi. Aksincha, qorachiqlarning konvergentsiya va akkomodatsiyaga reaktsiyasi buzilib, yorug‘likka to‘g‘ri va hamkor reaktsiyasi saqlanib qolsa, buni teskari Arjil-Robertson sindromi deyishadi. Bu holat entsefalit (ayniqsa, letargik entsefalit) uchun xos.
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha