Broun-Sekar sindromi
Orqa miyaning ko'ndalang yarmi zararlanganda kuzatiladi. Bunda o'choq to¬monda markaziy falajlik rivojlanadi va chuqur sezgi o'tkazuvchi tipda buziladi, qarama-qarshi tomonda esa og'riq va haro¬rat sezgisi o'tkazuvchi tipda yo'qoladi. O'choq tomonda orqa shox va orqa ildizcha zararlanishi sababli segmentar tipda sez¬gi buziladi va radikulyar og'riqlar paydo bo'ladi.
Taktil sezgi saqlanib qoladi. Chunki uning impulslari ikki yo'l orqali o'tadi. Bular – Goll va Burdax tutami hamda lateral spinotalamik yo'l. Shu bois taktil sezgi innervatsiyasi qarama-qar¬shi tomondagi orqa va yon ustunlar orqali ta'minlab turiladi. Broun-Sekar sindromi yon tomondan o'suvchi ekstramedullyar o'smada shakllanadi. Agar o'sma oldingi shox va oldingi ildizchani ko'proq ezib qo'ysa, shu tomonda muskullar atrofiyasi ham kuzatiladi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha