Bo'yin kengligi zararlanishi
Bo'yin kengligi (C5-8 – Th1) zararlansa aralash tipda¬gi tetraplegiya, ya'ni qo'llarda periferik va oyoqlarda marka¬ziy paraplegiya rivojlanadi. Barcha sezgilar o'tkazuvchi tipda buziladi, siydik va najas tutilishi kuzatiladi. Shuningdek, Klod Bernar-Gorner sindromi (ptoz, mioz, enoftalm) paydo bo'lishi mumkin.
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha