Barmoq-burun sinamasi
Tik turgan yoki o'tirgan holatda tekshiriladi. Buning uchun sinaluvchi ikkala qo'lini oldinga cho'zib turadi. Dastlab ko'zlar ochiq holatda ko'rsatkich barmog'ini o'zining burun uchiga tegizishi so'raladi
Bu sinama chap va o'ng qo'llar yordamida ketma-ket bajariladi. So'ngra undan ko'zlari yumuq holatda shu sinamani qayta bajarish so'raladi. Miyacha zararlanishida ushbu sinama intensiya bilan bajariladi, ya'ni burun uchiga yaqinlashayotgan barmoq titray boshlaydi. Bu holatga intension tremor deyiladi . Miyachaning qaysi yarimshari zararlansa, intension tremor o'sha tomonda kuzatiladi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha