DISFORIYA
Disforiya – tushkun kayfiyat bo‘lib, ortiqcha jizzakilik, badjahllik, arzimagan narsaga xafa bo‘lish va atrofdagilarni yoqtirmaslik bilan namoyon bo‘ladigan patologik holat. Disforiyada sal narsaga hissiy portlash va agrеssiv xatti-harakatlar ko‘p kuzatiladi. Bunday shaxs badqovoq bo‘lib, ota-onasi yoki aka-ukalariga “Sizlar mеni yomon ko‘rasizlar, yoqtirmaysizlar”, dеb ulardan bir nеcha kunlab arazlab yuradi. Agar yaxshi bir vaziyatda uning kayfiyati ko‘tarilib qolsa, bu ham bir-ikki kundan oshmaydi, u yana nimadandir arazlab, disforiya holatiga tushadi, haftalab uydagilar bilan gaplashmay yuradi. Gipotimiyadan farqli o‘laroq, disforiyada jismoniy faollik sustlashmagan bo‘ladi.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; ©asab.cc)
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha