Falajlik turlari
Falajliklar lokalizatsiyasiga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: gemiparez (gemiplegiya) – tananing bir tomoni falajlanishi; monoparez (monoplegiya) – bir qo'l yoki oyoq falajlanishi; paraparez (paraplegiya) – ikkala qo'l yoki ikkala oyoq falajlanishi; tetraparez (tetraplegiya) – ikkala qo'l ham, ikkala oyoq ham birgalikda falajlanishi.
Markaziy va periferik falajliklar
Markaziy neyron zararlansa, markaziy, periferik neyron zararlansa, periferik falajlik rivojlanadi. Ularning qiyosiy belgilari quyidagi jadvalda keltirilgan
Markaziy va periferik falajliklarning qiyosiy belgilari
Belgilar | Markaziy falajlik | Periferik falajlik |
Chuqur reflekslar Teri reflekslari Muskullar trofikasi Muskullar tonusi Patologik reflekslar Klonuslar Himoya reflekslari Patologik sinkineziyalar Fibrillyatsiya va fassikulyatsiyalar | Oshadi Pasayadi O'zgarmaydi Spastik gipertonus Chaqiriladi Xos Xos Xos Kuzatilmaydi | Pasayadi yoki so'nadi Pasayadi yoki so'nadi Atrofiya, gipotrofiya Atoniya yoki gipotoniya Chaqirilmaydi Bo'lmaydi Bo'lmaydi Bo'lmaydi Kuzatiladi |
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha