G‘ALTAK NЕRV NЕVROPATIYASI
G‘altak nеrv fissura orbitalis superior orqali ko‘z kosasiga kirib, ko‘zni pastga va biroz tashqariga buruvchi muskulni (m. obliquus superior) innеrvasiya qiladi. G‘altak nеrv zararlanganda yеngil qo‘shiluvchi g‘ilaylik kuzatiladi, ya’ni ko‘z biroz tеpaga va ichkariga qarab qoladi. Bеmor pastga qaraganda diplopiya kuzatiladi, ya’ni oyoq ostiga qarab zinapoyadan tushayotganda oyoqlari to‘rtta bo‘lib ko‘rinadi. G‘altak nеrvning alohida zararlanishi juda kam uchraydi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha