Retseptor


Tashqi muhit va organizm to‘qimalaridan ta’sirotlarni qabul qilish va ularga spetsifik javob tayyorlashga sezgi deb aytiladi. Sezgi retseptorlar orqali qabul qilinadi. Ta’sirotlarni qabul qilishga moslashgan sezgi nerv tolalarining terminal qismiga retseptor deyiladi. Retseptor ta’sirotlarni qabul qilish paytida hosil bo‘lgan energiyani nerv impulsiga aylantiradi va bu impuls sezgi nerv tolalari bo‘ylab uzatiladi. 

Tashqi ta’sirotlar tufayli hosil bo‘lgan sezgilarga umumiy sezgi deyiladi. Masalan, og‘riq, harorat va taktil sezgilari bunga misol bo‘la oladi. Ko‘ruv, eshituv, hid bilish va ta’m sezishga spetsifik sezgi deyiladi.  Umumiy va spetsifik sezgilar orqali inson tashqi muhit bilan bog‘lanadi. Obrazli qilib aytganda, sezgi sensor signallar darvozasi hisoblanadi. Sezgi – reflektor faoliyatning boshlang‘ich qismi.



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив