Intension tremor
Qo'l yoki oyoqlarda maqsadga yo'naltirgan harakatlarni bajarayotganda kuzatiladigan tremorga intension tremor deyiladi. Bu simptom miyacha patologiyasi uchun juda xos. Barmoq-burun va tovon-tizza sinamasi hamda dismetriyani tekshirayotganda kuzatiladigan tremorni bunga misol qilib ko'rsatish mumkin. Tinch holatdagi tremorga intension tremor deb bo'lmaydi. Masalan, parkinsonizm uchun tinch holatdagi tremor xos.
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha