Limbik sistema


 Katta miyaning medial yuzasida, ya'ni qadoqsimon tana va talamus atrofida joylashgan tuzilmalar limbik sistema tarkibiga kiradi (10.6-rasm).
 
 Aylanasimon bo'lib joylashgan ushbu tuzilmalar Papes aylanasi deb ham ataladi va emotsiyaning anatomik substrati hisoblanadi. Bular po'stioqning eng keksa tuzilmalari bo'lib, belbog' pushta, paragippokampal pushta, gippokamp, hidlov so'g'oni, tilsimon pushta, so'rg'ichsimon tanalar (corpora mamillaria) va bodomsimon tana (corpus amygdaloideum) dan iborat.
Funksiyasi. Limbik sistema emotsional reaksiyalar, motivatsiya, instinktiv xulq-atvor, uyqu va tetiklikni koordinatsiya qila­di. Turli ekstremal vaziyatlar, ya'ni xavf-xatar, sovuq, qo'rquv, ochlik, chanqoqlikda moslashuv va himoya reaksiyalarini ta'minlaydi. Yangi materiallarni esda olib qolish (gippokamp), qisqa muddatli xotirani uzoq muddatli xotiraga o'tkazish va vegetativ funksiyalarni integratsiya qilish ham limbik sistema faoliyatiga kiradi.
 
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b. 
             © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc
 

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив