Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Muskul kuchini tekshirish

Muskul kuchini tekshirish


Muskul kuchini tekshirish uchun bemordan vrach bajarayotgan passiv harakatlarga qarshilik ko'rsatish so'raladi [3.2-rasm). Mana shu qarshilik darajasiga qarab muskul kuchi aniqlanadi va baholanadi. Muskul kuchi har bir bo'g'imda bajarilishi mumkin bo'lgan harakatlar, ya'ni bukish, yozish, bir-biriga yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, pronatsiya va supinatsiya e'tiborga olingan holda tekshiriladi. Qo'l panjasini bukuvchi muskullar kuchi dinamometr yordamida o'lchanadi.Barcha tekshiruvlar distal va proksimal hamda o'ng va chap tomondagi muskullarda qiyoslab o'rganiladi. Bunda muskullar hajmi va funksiyasi e'tiborga olinadi. Ortiqcha kuch ishlatilmasligi lozim.
 
3.2-rasm. Muskullar kuchini tekshirish usullari

Qo'llarni yelka chizig'idan tepaga      Qo'llarni  tanaga   yaqinlashtiruv-
ko'taruvchi muskullar kuchini tek-     chi muskullar kuchini tekshirish. shirish. Vrach bemorning tepaga Bemor qo'llarini tanasiga yaqin-
ko'tarib ushlab turgan qo'llarini         lashtirmoqchi bo'ladi. Vrach bunga
pastga bosadi. Bemor bunga qar-     qarshilik ko'rsatadi.
 shilik qiladi.
 
 
Qo'llarni tirsak bo'g'imida bukuvchi muskullar kuchini tekshirish (m. bi­ceps brachi). Vrach bemorning tirsak bo'g'imida bukilgan qo'lini yozishga harakat qiladi. Bemor bunga qarshilik ko'rsatadi.Qo'llarni tirsak bo'g'imida yozuv-chi muskullar kuchini tekshirish (m.triceps brachi). Vrach bemor­ning tirsak bo'g'imida yozilgan qo'lini bukishga harakat qiladi. Bemor bunga qarshilik ko'rsatadi.

  

 
Qo'l panjasini yozuvchi muskullar kuchini tekshirish. Vrach bemorning yozilgan qo'l panjasini barmoqlari ustidan bosib bukishga harakat qila­di. Bemor bunga qarshilik ko'rsatadi.
Qo'l panjasini bukuvchi muskullar kuchini tekshirish. Vrach bemor­ning bukilgan barmoqlarini yozish­ga harakat qiladi. Bemor bunga qarshilik ko'rsatadi.
Barre sinamasini tepaga qarab yotgan holatda tekshirish. Ikkala oyoqni ko'tarib bir xil holatda ush­lab turish so'raladi. Bunda falajlangan oyoq sekin pastga tusha boshlaydi.Barre sinamasini pastga qarab yotgan holatda tekshirish. Tizza bo'g'imida bukilgan ikkala oyoqni bir xil holatda ushlab turish so'rala­di. Bunda falajlangan oyoq sekin pastga tusha boshlaydi.
Oyoqning proksimal guruh muskul-lari kuchini tekshirish. Bemordan oyoqni ko'tarib ushlab turish so'­raladi. Vrach qo'li bilan sonning tepa qismidan oyoqni pastga bosa­di. Bemor bunga qarshilik ko'rsa-tadi.Oyoqning distal guruh muskullari kuchini tekshirish (oyoq panjasi misolida). Bemor tepaga qarab yotadi. Vrach tepaga bukib ushlab turilgan oyoq panjasini pastga bo-sishga harakat qiladi. Bemor bun­ga qarshilik ko'rsatadi.

  
. ■ •... .
Oyoqni tizza bo'g'imidan bukuvchi    Oyoqni tizza bo'g'imidan bukuvchi
muskullar kuchini tepaga qarab         muskullar kuchini pastga qarab
yotgan holatda tekshirish. Ko'tarib    yotgan holatda tekshirish. Vrach
ushlab turilgan oyoqni vrach tizza     tizza bo'g'imida bukilgan oyoqni
bo'g'imida bukishga harakat qiladi.   yozishga harakat qiladi. Bemor
Bemor bunga qarshilik ko'rsatadi.     bunga qarshilik ko'rsatadi.
 
 Oyoqlarni bir-biriga yaqinlashtiruv-    Oyoqlarni bir-biridan uzoqlashti-
chi muskullar kuchini tekshirish.       ruvchi muskullar kuchini tekshirish.
Bemor oyoqlarini bir-biriga yaqin-     Bemor oyoqlarini bir-biridan uzoq-
lashtirmoqchi bo'ladi, vrach bunga    lashtirmoqchi bo'ladi. Vrach bunga qarshilik ko'rsatadi.       qarshilik ko'rsatadi.
Tekshirilgan muskullar kuchini baholash 5 balli sistema bo'yicha o'tkaziladi [3.1-jadval] va baholanadi [3.2-jadvaI).

Baholash mezonlariBallXulosa
Sinaluvchi vrach harakatiga to'la qarshilik ko'rsata oladi5Norma
Vrach harakatiga qarshilik ko'rsatish ozgina sustlashgan, ya'ni muskul kuchi biroz pasaygan, biroq faol harakat to'la saqlangan.4Yengil falajlik
Vrach harakatiga qarshilik ko'rsatish sezilarli darajada sustlashgan, ya'ni muskul kuchi pa-sayganligi yaqqol seziladi. Faol harakatlar hali saqlangan, biroq charchash kuzatiladi.3O'rta darajadagi falajlik
Vrach harakatiga qarshilik ko'rsatish keskin pa­saygan, faol harakatlar o'ta sustlashgan.2Chuqur falajlik
Qarshilik yo'q, faol harakatlar bilinar-bilinmas.1O'ta chuqur falajlik (de-yarli plegiya)
Faol harakatlar umuman yo'q.0Plegiya
 
Izoh. Tibbiy amaliyotda muskullar kuchini baholashda ushbu usuldan ko'p foydalaniladi. Biroq, yanada aniqroq ma'lumotni dinamometriya beradi.

 
 

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив