Miyachaga qon quyilishi
Miyachaga qon quyilishi miyacha simptomlaridan tashqari IV qorincha va miya ustuni simptomlari bilan namoyon bo‘ladi. Klinik simptomlar ensa sohasida kuchli og‘riq, miyacha simptomlari, barcha mushaklar gipotoniyasi, bosh aylanishi va Bruns sindromi (bosh holatini o‘zgartirganda qusishning kuchayishi), nistagm, Gеrtvig-Majandi simptomi (bir ko‘zning yuqoriga, bir ko‘zning pastga qarab qolishi), ensa mushaklari rigidligi, psеvdoparеz, miya ustunida joylashgan hayotiy muhim funksiyalarning buzilishi bilan namoyon bo‘ladi.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
©Z. Ibodullayev. Insult va koma, Toshkent, 2013., 193 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi ©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha