Tsisternalar
- Katta tsisterna (cisterna magna) – miyacha bilan uzunchoq miya orasida joylashgan. Shuning uchun uning yana bir nomi – cerebello-oblongata.
- Lateral tsisterna (cisterna fossae lateralis) – Silviy yorig‘i sohasida joylashgan
- Xiazmal tsisterna (cisterna chiasmatis) – chiazma opticum dan oldinda joylashgan.
- Oyoqlararo tsisterna (cisterna interpeduncularis) – miya oyoqchalari orasida joylashgan.
- Ko‘prik tsisternasi (cisterna prepontinus) – Varoliy ko‘prigidan oldinda joylashgan.
- To‘rttepalik tsisternasi (cisterna quadrigeminalis) – to‘rttepalik sohasida joylashgan.
Barcha tsisternalar subaraxnoidal bo‘shliqlar bilan o‘zaro bog‘langan va shu bois likvor hech qanday to‘siqsiz aylanib yuradi. Shuningdek, qorinchalar ham likvor yo‘llari va teshiklari bilan tsisternalar bilan bog‘langan. Masalan, IV qorinchaning Majandi (medial) va Lyushko (lateral) teshiklari sisterna magna ichiga ochiladi. Shuningdek, cisterna magna katta ensa teshigi orqali orqa miyaning subaraxnoidal bo‘shlig‘iga bevosita davom etib ketadi.
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha