Mahalliy dermografizm


Tashqi ta'sirotlarga javoban teri rangi o'zgarishiga dermografizm deyiladi. Mahalliy dermo­grafizm terini o'tmas narsa bilan chizib chaqiriladi. Bir necha soniyadan so'ng chizilgan joyda oqimtir yoki qizil dog' paydo bo'ladi (12.5 (a)-rasm). Simpatik tonus ustuvorlik qiluvchilarda chizilgan joy oqarib, vagotoniklarda esa qizarib qoladi. Bu sinamani bilak, ko'krak sohasi yoki ikkala kurak orasida tek­shirish mumkin. VNS ning kuchli disfunksiyasida chizilgan joy qizarib bo'rtib qoladi.
 
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
              © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc
 

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив