Orqa miya zararlanishining topik diagnostikasi
. Orqa miyaning bo'yin qismi (C1- C4) zararlanishi. Markaziy (spastik) tetraplegiya rivojlanadi, barcha sezgilar o'tkazuvchi tipda buziladi, tos a'zolari funksiyasi markaziy tipda izdan chiqadi, ya'ni siydik va najas tutilishi kuzatiladi. Bo'yin kengligi (C5-8 – Th1) zararlanishi. Aralash tipdagi tetraplegiya, ya'ni qo'llarda periferik va oyoqlarda markaziy paraplegiya rivojlanadi. Barcha sezgilar o'tkazuvchi tipda buziladi, siydik va najas tutilishi kuzatiladi. Shuningdek, Klod Bernar-Gorner sindromi (ptoz, mioz, enoftalm) paydo bo'lishi mumkin.
- Ko'krak qismi (Th1–Th12) zararlanishi. Oyoqlarda pastki spastik paraplegiya, barcha sezgilarning o'tkazuvchi tipda buzilishi, siydik va najas tutilishi kuzatiladi. Qo'llarda harakat va sezgi saqlanib qoladi.
- Bel kengligi (Th12, L1–L5, S1-2) zararlanishi. Oyoqlarda periferik falajlik, zararlangan joydan pastda barcha sezgilarning o'tkazuvchi tipda buzilishi, siydik va najas tutilishi kuzatiladi.
- Epikonus (L4– S2) zararlanishi. Son va boldirning orqa guruh muskullari falajlanadi. Shu bois tos-son va tizza bo'g'imida oyoqni orqaga bukib bo'lmaydi, oyoqni tashqariga rotatsiya qilish qiyinlashadi, oyoq panjasi falajlanadi. Falajliklar ikkala tomonda ham simmetrik tarzda namoyon bo'ladi. Axill refleksi chaqirilmaydi,tizza refleksi saqlanib qoladi. Zararlangan segment innervatsiya qiladigan dermatomda og'riq va harorat sezgisi buziladi. Erkaklarda ereksiya so'nadi.
- og'riq va harorat sezgisi buziladi, anal refleks so'nadi. Axill refleksi saqlanib qoladi. Dumg'aza va anogenital sohada yotoq yaralar darrov rivojlanadi.
- Ot dumi (cauda equina) zararlanishi. Ot dumi umurtqa kanalining eng pastki qismi, ya'ni canalis sacralis ichida yotadi. Cauda equina bel kengligi va undan pastdagi barcha spinal segmentlarning orqa va oldingi ildizchalari yig'indisidan hosil bo'lgan. Ot dumi zararlanishida oyoqlarda periferik falajlik, radikulyar tipda barcha sezgilar buzilishi, anogenital soha va ikkala oyoqda o'ta kuchli og'riqlar, siydik va najas tutolmaslik kuzatiladi. Ushbu simptomlar birmuncha asimmetrik tarzda namoyon bo'ladi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312b
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha