Hidlov nervi, I juft


I juft, hidlov nervi (n. olfactorius) – sezgi nervi bo‘lib, uch neyronli yo‘ldan iborat: 1-neyron tanasi burun bo‘shlig‘i shilliq qavatida, 2-neyron hidlov piyozchasida, 3-neyron esa hidlov uchburchagida joylashgan.

Nerv yo‘li. Bipolyar tuzilishga ega 1-neyron dendritlari burun shilliq qavatiga tarqaladi, aksonlari hidlov ipchalarini (filae olfactoriae) hosil qiladi. Hidlov ipchalari kalla suyagi ichiga g‘alvirsimon suyakda joylashgan lamina cribrosa orqali kiradi va hidlov so‘g‘onida (bulbus olfactorius) tugaydi. Bulbus olfactorius peshona bo‘lagining pastki yuzasida joylashgan. (Bu erga talabalarga chizadigan rasm qo‘yiladi).


6.3-rasm. Hidlov nervi sxemasi

Hidlov so‘g‘onida joylashgan 2-neyron aksonlari hidlov traktini (tractus olfactorius) hosil qiladi va birlamchi hidlov markazlari (trigonum olfactorium, substantia perforata anterior, septum pellucidum) tomon yo‘naladi. 

Birlamchi hidlov markazlarida 3-neyron tanasi yotadi va uning aksonlari qadoqsimon tananing ustki va pastki qismi bo‘ylab chakka bo‘lagining mediobazal yuzasida joylashgan hidlov markazi, ya’ni gyrus hyppocampi va uning atrofidagi tuzilmalarga borib tugaydi. Hidlov yo‘llari ikkala yarimsharda ham proektsion markazlarga ega. Shu bois bir tomonlama kortikal zararlanishlarda hid bilish buzilmaydi.



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив