Gipotalamus


Gipotalamus (hypothalamus)neyroendokrin va vegetativ funktsiyalarga mas’ul oliy vegetativ markaz bo‘lib, VNS ning suprasegmentar qismi hisoblanadi. Gipotalamus hissiy reaktsiyalar uchun mas’ul bo‘lgan limbik sistemaning o‘ta muhim tuzilmasidir. 

Topografiyasi. Gipotalamus oraliq miyaning pastki qismida joylashgan bo‘lib, III qorincha tubini hosil qilishda ishtirok etadi. Gipotalamus va uning yadrolari 8.1-rasmda ko‘rsatib o‘tilgan.

 

8.1-rasm. Gipotalamus va uning yadrolari

Promejutochnaya massa talamusa – talamuslararo bitishma 

Dorsomedialnoe yadro – dorsomedial yadro

Zadnee yadro gipotalamusa – gipotalamusning dorsal yadrosi

Ventromedialnoe yadro – ventromedial yadro

Sostsevidnoe telo – so‘rg‘ichsimon tana

Dugovidnoe yadro – ravoqsimon yadro

Voronka – quyg‘ich 

Gipofiz - gipofiz

Opticheskaya xiazma – xiazma 

Opticheskiy (2) nerv – ko‘ruv nervi

Supraopticheskoe yadro – supraoptik yadro

Supraxiazmaticheskoe yadro – supraxiazmatik yadro

Perednee yadro gipotalamusa – gpitalamusning ventral yadrosi

Medialnoe preopticheskoe yadro – medial preoptik yadro

Lateralnoe preopticheskoe yadro – lateral preoptik yadro

Paraventrikulyarnoe yadro – paraventrikulyar yadro

Mozolistoe telo – qadoqsimon tana

Gipotalamus tarkibiga kulrang bo‘rtik (tuber cinereum), quyg‘ich (infundibulum), so‘rg‘ichsimon tanalar (corpora mamillaria) kiradi. So‘rg‘ichsimon tanalar po‘stlog‘osti hidlov markazi hisoblanadi.



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив