Paradoksal refleks


Bunday refleks spinal reflektor yoyning efferent qismi zararlanishida yoki markaziy piramidal nazorat izdan chiqqanda kuzatiladi. Masalan, ikki boshli muskul payiga urib biseps refleksni chaqirmoqchi bo'lsangiz, uning o'rniga triseps refleks chaqirilib qoladi. Demak, ushbu bemorda biseps refleksni ta'minlovchi C5-C6 segmentning efferent qis­mi zararlangan. Buning natijasida C5-C6 segmentning afferent yo'llari orqali orqa miyaga kelib tushgan impuls C6-C7 segmentga o'tib ketadi va biseps o'rniga triseps refleks chaqiriladi.
Yana bir holat: chap tomonda tizza refleksini chaqirmoqchi bo'lsangiz, bu refleks o'ng tomonda ham chaqiriladi yoki faqat o'sha tomonda chaqiriladi. Chunki reflektor yoyning chap tomondagi afferent yo'li orqali kirgan impuls markaziy piramidal nazorat sustligi bois, o'ng tomondagi reflektor yoyga qisman yoki to'la o'tib ketadi.
 
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc
 
 

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив