Pallidar sistema zararlanishi belgilari
Pallidar sistema zararlanishining asosiy sindromi – bu parkinsonizm. Muskullar rigidligi, gipokineziya va tinch holatdagi tremor aniqlangan har qanday patologik sindromga nisbatan parkinsonizm atamasini qo'llash mumkin. Uning simptomlari: gipokineziya – harakatlar sustligi; bradikineziya (oligokineziya) – harakatlar kamligi; akineziya – harakatlar yo'qligi; muskullar rigidligi; tinch holatdagi tremor, munkayib yurish sindromi (9.3-rasm).
Insomniya Kognitiv buzilishlar
Parkinsonizm uchun yozayotganda harflarning kichrayib borishi (mikrografiya), yurganda qo'llarda sinergik harakatlar bo'lmasligi [axeyrokinez), tik turganda orqadan sal turtsa, oldinga yurib ketish (propulsiya), yon tomondan turtib yuborsa, yonga yurib ketish (lateropulsiya), oldindan turtib yuborsa, orqaga tisarilib yurish (retropulsiya) ham xos. Kognitiv va psixoemotsional buzilishlar aniqlanadi, xarakter o'zgaradi. Fikrlash sustlashadi (bradipsiya), bir iboraga yopishib olsa, shuni hadeb takrorlayveradi, aytganini qildirishga harakat qiladi. Kechalari uyqusi yo'qoladi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha