Spinal yadrolar
Bir xil struktur tuzilish va funksional ahamiyatga ega bo'lgan hujayralar to'plami yadro deb ataladi. Kulrang moddada quyidagi yadrolar farqlanadi:
- · Sezgi yadrolari – orqa shoxda joylashgan bo'lib, yuzaki sezgi, Govers va Fleksig yo'llarining 2-neyronlari to'plamidan iborat;
- Harakat yadrolari – oldingi shoxda joylashgan bo'lib, piramidal yo'lning 2-neyronlari to'plamidan iborat.
- Assotsiativ (oraliq)yadrolar - spinal segmentlarda joylashgan hujayralarni bir-biri bilan bog'lovchi neyronlar guruhi.
- Vegetativ yadrolar - yon shoxlarda joylashgan hujayralar to'plami.
- α-katta motoneyronlar – muskullar harakati uchun javobgar;
- α-kichik motoneyronlar – muskullar tonusi uchun javobgar;
- y-motoneyronlar – intrafuzal muskul tolalarini innervatsiya qilib, proprioretseptiv signallarni α-kichik motoneyronlarga o'tkazishni ta'minlaydi.
Yon shox yadrolari. Orqa miyaning barcha segmentlarida ham yon shoxlar bo'lmaydi. Yon shoxlarda vegetativ innervatsiya uchun mas'ul yadrolar joylashgan. C8, Th1-Th12, L1-L2 spinal segmentlarda simpatik yadrolar, S2-S4 spinal segmentlarda parasimpatik yadrolar joylashgan
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi;
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha