Spinal tugun


Spinal tugun (ganglion spinale) umurtqa kanali ichida joylashgan. Spinal tugun radix dorsalis ning kengaygan qismidek ko'rinadi. Uning ichida sezgi neyronlari, ya'ni psevdounipolyar hujayralar to'plangan. Ularning har biridan bittadan o'siqcha chiqib shu zaxoti ikkiga ajraladi. Bu holat xuddi T harfini eslatadi. Uning markaziy o'siqchalari, ya'ni ak­sonlari orqa ildizchani hosil qilib orqa miyaga kiradi. Periferik o'siqchalari, ya'ni dendritlari periferiyaga qarab yo'naladi va spinal nervni hosil qilishda ishtirok etadi.
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc
 

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив