Analizator nima?


Analizator deganda, tashqi ma’lumotlarni qabul qiluvchi, qayta
ishlovchi va javob reaktsiyasini saqlovchi nerv tuzilmalari tushuniladi. Nerv sistemasida ko‘rish, eshitish, ta’m bilish, hid sezish, umumiy sezgi, harakat va nutq analizatorlari farq qilinadi.

Analizatorlar markazi bosh miya po‘stlog‘ining turli sohalarida joylashgan. Masalan, ko‘rish analizatori ensa, eshitish analizatori chakka, harakat analizatori peshona, sezgi analizatori tepa bo‘lagida, nutq analizatorlari esa chakka va peshona bo‘laklarida joylashgan. Agar nutq analizatori zararlansa, nutq buziladi, harakat analizatori zararlansa, falajlik rivojlanadi, eshitish analizatori zararlansa, inson eshitmaydigan bo‘lib qoladi va h.k.



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив