Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Alternirlashgan Vallenberg sindromi

Alternirlashgan Vallenberg sindromi


Alternirlashgan Vallenberg sindromi miyachaning orqa pastki arteriyasi (a. cerebelli inferior posterior) trombozida kuzatiladi. Bu arteriya umurtqa arteriyasining intrakranial qismidan ajralib chiqadi. U miyachaning pastki-medial yuzasi va uzunchoq miyaning dorsolateral qismini qon bilan ta’minlaydi. Arteriyaning topografik anomaliyasi ko‘p uchraganligi bois Vallenberg sindromi turli klinik ko‘rinishlarga ega. Uning asosiy klinik belgilari – alternirlashgan gemianesteziya (o‘choq tomonda yuzda, qarama-qarshi tomonda tanada), o‘choq tomonda ataksiya, Gorner sindromi, yumshoq tanglay, halqum va ovoz pardasi falajligi hamda turli darajadagi vestibulo-koordinator buzilishlardan iborat. Alternirlashgan gemianesteziya uzunchoq miyada joylashgan nucleus spinalis n. trigemini  va shu erdan o‘tuvchi sezgi yo‘llari ishemiyasi sababli ro‘y beradi.


Manba:  ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
              ©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
              © Ibodullayev ensiklopediyasi 
              ©asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив