Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Chakka bo‘lagi anatomiyasi va patologiyasi

Chakka bo‘lagi anatomiyasi va patologiyasi


Chakka bo‘lagini (lobus temporalis) peshona va tepa bo‘laklaridan Silviy egati (sulcus lateralis Sylvii) ajratib turadi. Chakka bo‘lagining tashqi yuzasida ustki (sulcus temporalis superior) va pastki (sulcus temporalis inferior) egatlar bor. Bu egatlar chakka bo‘lagini uch pushtaga ajratadi. Bular – yuqori, o‘rta va pastki chakka pushtalari (gyri temporales superior, media et inferior). Yuqori chakka pushtasi tagida, ya’ni lateral egat tubida chakka bo‘lagining ko‘ndalang pushtalari (gyri temporales transversi) yashiringan. Bunga Geshl pushtalari deyiladi. Ularni bir-biridan ko‘ndalang egatchalar (sulci temporales transversi) ajratib turadi.
Chakka bo‘lagining Geshl pushtasi zararlansa, eshituv agnoziyasi rivojlanadi: bemor tovushni anglamaydi, ya’ni tovush nimaga taalluqli ekanligini bilmaydi. 

Yuqori chakka pushtasiining orqa qismi (chap yarimshar)  zararlansa, sensor afaziya (Vernike afaziyasi) rivojlanadi. Shuningdek, akustik-mnestik afaziya va amnestik afaziya ham chap chakka bo‘lagi zararlanishida kuzatiladi. Bunday afaziyalar verbal xotira buzilishlari bilan birgalikda namoyon bo‘ladi. O‘ng yarimshar zararlansa, amuziya rivojlanadi. Amuziya – musiqal tovushlarni anglay olmaslik, bilmaslik. autotopagnoziya

Chakka bo‘lagi zararlansa turli toifadagi psixoemotsional buzilishlar ham rivojlanadi. Bular “avval ko‘rgan yoki hech qachon ko‘rmaganlik” fenomeni, qo‘rquv, xavotir, vahima, depressiya, bulmiya, disforiya, eyforiya, seksual faollik oshishi kuzatiladi. 
Chakka bo‘lagining lateral yuzasi qo‘zg‘atilsa, epileptik xurujlar eshituv gallyutsinatsiyasi, mediobazal yuzasi qo‘zg‘atilsa, ta’m va hid bilish gallyutsinatsiyasi kabi auralar bilan namoyon bo‘ladi. Mezotemporal epilepsiya vegetativ-vistseral paroksizmlarga boy bo‘lib, ko‘p hollarda bosh aylanib ketishi, somnolentsiya, taxikardiya, nafas etishmovchiligi va epigastral og‘riqlar aura sifatida namoyon bo‘ladi. 
Chakka bo‘lagidan ensa bo‘lagi tomon Gratsiole tutami o‘tganligi bois, bu soha zararlanishida yoki qo‘zg‘alishida ko‘ruv gallyutsinatsiyasi, mikropsiya, makropsiya va kvadrant gemianopsiyalar ham uchraydi. 

Gippokamp zararlansa yoki qo‘zg‘alsa, deyarli har doim epileptik xurujlar ro‘y beradi. Gippokamp zararlanishi birlamchi xotira buzilishiga ham olib keladi (Korsakov amneziyasi).

Manba: ©Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiyasi. Darslik., T.; 2021., 312b.  
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; 
              ©asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив