Cheyn-Stoks nafasi
Cheyn-Stoks nafasi
Cheyn-Stoks nafasi – nafas olishlar orasida 5-10 soniyalik apnoe paydo bo‘lishi bilan kechuvchi aritmik nafas. Apnoe, ya’ni nafas olishdan to‘xtash davri o‘zgarib turadi. Cheyn-Stoks nafasi uzunchoq miyadagi nafas olish markazi qo‘zg‘aluvchanligi pasayishi hisobiga yuzaga keladi. Cheyn-Stoks nafasi vertebrobazilyar insult (emboliyalar), subtentorial o‘sma, miokard infarkti, ketoatsidoz, meningit, entsefalit, uremiya, bosh miya jarohatlari va turli intoksikatsiyalarda vujudga keladi. Cheyn-Stoks nafasining paydo bo‘lishi – yomon prognostik ko‘rsatkich. Chunki u nafas olish markazlari faoliyatining pasayganligidan dalolat beradi. O‘ta og‘ir holatlarda bradipnoe rivojlanadi va koma o‘lim bilan tugallanadi. Buning oldini olish uchun bemor sun’iy nafas oldirish sistemasiga ulanadi.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
©Z. Ibodullayev. Insult va koma, Toshkent, 2013., 193 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha