Yuz agnoziyasi


Yuz agnoziyasi (prozopagnoziya). Agnoziyaning bu turida bemor avval o‘ziga tanish bo‘lgan chehralarni tanimaydi. Bemor yuzda joylashgan burun, qosh, ko‘z va quloqlarning nomini aytib beradi, biroq ushbu odam kimligini aytib bera olmaydi. Ular hatto rafiqasi, bola-chaqalari, davolovchi vrachni, shu bilan birga avval tanish bo‘lgan odamlar, yaqinlari, mashhur kishilarning suratlarini ham tanishmaydi. Og‘ir holatlarda bemor hatto oynadagi o‘z aksini yoki suratini ham tanimaydi. Shuningdek, bemor ayol va erkak yuz-betining farqiga bormaydi, ularning taxminiy yoshini chalkashtirib yuboradi. Bemor odamlarni ovozi, kiyimi yoki yurishidan tanib oladi, xolos. Ba’zan tanib olishda tanish-bilishlarining soch tuzilishi, yuzidagi holi, ko‘zoynak taqishi kabi qo‘shimcha belgilar yordam beradi. Agar doimo ko‘zoynak taqib yuradigan tanishi ko‘zoynagini taqmay ko‘rinsa, bemor uni tanimay qoladi. Ba’zan bunday bemorga sochi kalta ayol erkak kishidek ko‘rinadi.
   
Yuz agnoziyasi nisbatan kam uchraydi va ko‘pincha agnoziyaning boshqa turlari bilan birga namoyon bo‘ladi. Yuz agnoziyasi bosh miyaning orqa-ensa sohalari zararlanganda kuzatiladi.

Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b. 
          ©Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. T.; 2021., 312b. 
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; ©asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив