Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Yuzaki va chuqur reflekslar

Yuzaki va chuqur reflekslar


Yuzaki va chuqur reflekslar. Retseptorlar joylashgan joyiga qarab yuzaki va chuqur reflekslar farqlanadi. Teri va shilliq qavatni ta’sirlantirish orqali chaqiriladigan reflekslarga yuzaki reflekslar deyiladi. Terida yuzaki reflekslarni chaqirish uchun, unda joylashgan retseptorlar nina sanchib ta’sirlantiriladi. Shilliq qavatdagi yuzaki reflekslar uchli momiq paxta yordamida chaqiriladi. Masalan, korneal yoki konyuktival reflekslarni chaqirishda shunday qilinadi. Biroq yumshoq tanglay va yutqun reflekslari shpatelni tekkizib chaqiriladi.

Pay va muskullar cho‘zilishi va qisqarishi hisobiga yuzaga keladigan reflekslarga chuqur reflekslar deyiladi. Periostal reflekslar ham chuqur reflekslar sirasiga kiradi. Bunday reflekslar nevrologik bolg‘acha yordamida chaqiriladi.

Manba:   © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
               © Ibodullaev entsiklopediyasi
                © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив