Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi YuZDAGI OG‘RIQLAR SABABI NIMA?

YuZDAGI OG‘RIQLAR SABABI NIMA?


Yuz sohasidagi og‘riqlarning asosiy sababi – uch shoxli nerv zararlanishidir. Bu haqda kitobda ma’lumot bor. Biroq hech qaysi nerv zararlanmasa ham stomatologik muolajalardan so‘ng yuzida, lunjida, milkida va tilida paydo bo‘lgan og‘riqlarga shikoyat qilib yurishadi. 
  
Ayniqsa, yuz sohasida kuzatiladigan og‘riqlar bemorni juda qiynab qo‘yadi. Uning kuchi turli darajada, oddiy achishishdan tortib, kuchli sanchuvchi og‘riqlar ko‘rinishida bo‘ladi. Og‘riq ikkala chakka, peshona, iyak sohalarida kuzatiladi. Bunday bemorda ruhiy zo‘riqishlar kuchaygan yoki tezlashgan sayin og‘riq ham kuchayib boradi.
   
Yuz sohasidagi og‘riqlar uchun ularning ovqat iste’mol qilayotgan paytda kamayishi yoki yo‘qolishi xosdir. Bemor har kuni turli sohadagi yoki turli darajadagi og‘riqdan shikoyat qiladi. Ruhiy siqilishlar sababli ro‘y bergan og‘riqlarda og‘riq qoldiruvchi dorilar emas, balki tinchlantiruvchi dorilar yordam beradi. Ba’zan tuzalib ketgan bemor og‘riqning kuchayganidan shikoyat qilib, yana vrachga murojaat qiladi. Buning sababi, ko‘pincha uydagi va ishdagi mojarolar hisoblanadi. 
   
Til sohasida og‘riq bilan xastalangan bir ayol bizning nazoratimizda bo‘lgan. Bemor davolash kursini olib ketganidan so‘ng bir oz vaqt o‘tgach, og‘riqning kuchayganidan shikoyat qilib, yana qabulga keldi. Gap shundaki, bemorning turmush o‘rtog‘i aroqxo‘r bo‘lib, uyida tez-tez janjal bo‘lib turgan. Buning oqibatida bemor nevroz kasalligiga duchor bo‘lgan. Natijada har galgi ruhiy-hissiy zo‘riqishlar bu og‘riqlarni qo‘zg‘ab yuborgan

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat., 4-nashr. Ilmiy-ommabop risola. T, 311 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
             © asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив