Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi ShAXSIY XAVOTIRNING BO‘LMASLIGI YoMONMI?

ShAXSIY XAVOTIRNING BO‘LMASLIGI YoMONMI?


Ha, yomon! Kunlardan bir kuni tibbiyot institutimizning yuqori kursida o‘qiydigan talaba yonimga xursand bo‘lib kelib so‘radi: “Ustoz! Men o‘zimda shaxsiy xavotirni aniqlash so‘rovnomasini qo‘llab ko‘ruvdim, menda sira xavotir chiqmadi. Zo‘r-a?! Demak, men o‘z shaxsimdan xavotirga tushmasam bo‘larkan-da?! To‘g‘rimi, Ustoz”. 
       
Men unga qaradim. Xursandchiligidan uning ko‘zlari chaqnar va o‘zidan yo‘q baxtiyor edi. Biroq uning o‘ta g‘am-xavotirsiz talaba ekanligi yuz-ko‘zidan shundoq bilinib turardi. 
       
Men undan – “Biron-bir g‘aming bormi?”, deb so‘radim. 
   – Yo‘q!
   – Biror narsadan bezovtayam emasmisan? 
   – Yo‘q, ustoz, – dedi u yanada xursand bo‘lib. 
   – Kontraktga o‘qiysanmi? 
   – Ha, otam o‘z vaqtida to‘lab turadilar. 
   – Baholar qanday?
   – O‘rtacha, – dedi ko‘zlarini mendan olib qochib. 

Men unga “Sen o‘zingda shaxsiy xavotir yo‘qligidan xursand bo‘lishing emas, aksincha xafa bo‘lishing kerak! Hech narsadan xavotir chekmay g‘am-g‘ussasiz yashash – bu faol yashayotgan inson, ayniqsa, sening yoshingdagilar uchun yot holat bo‘lishi kerak. Kelajakda barcha senga havas qiladigan etuk shaxs bo‘lib etishing uchun senda o‘ziga yarasha xavotir bo‘lishi kerak. O‘z ustida ishlaydigan odamda xavotir bo‘ladi. Kunim o‘tsa bo‘ldi deb yashash, nomiga o‘zish, otamning shuncha mablag‘i zoe ketmayaptimi, vaqtim behuda o‘tmayaptimi, ertaga mendan yaxshi shifokor chiqadimi, deb xavotirga tushmaslik – bu yaxshi emas va xunuk holat. Bilasanmi, buni nimaga o‘xshatsa bo‘ladi? Bunday holatni tuzsiz ovqatga o‘xshatsa bo‘ladi. Unda sira mazza-matra bo‘lmaydi va hech kim tanovvul qila olmaydi. Demak, xavotir – bu ovqatga solinadigan tuz. Biroq u meyyorda bo‘lishi kerak. Umuman, tuz solinmagan ovqatni eb bo‘lmagani kabi sho‘r-sharava ovqatni ham tanovvul qilib bo‘lmaydi. Demak, xavotirning bo‘lmasligi ham, haddan ortiq xavotir ham – bu ziyonli holat va bunday odamga psixologik yordam kerak. Birmuncha, engil darajada ifodalangan xavotir – insonni o‘qishga, ishlashga va biror bir ishni yuqori darajada bajarishga undovchi kuch! Demak, har bir insonda o‘ziga yarasha shaxsiy xavotir bo‘lishi bu himoya reaksiyasi va qolaversa muvaffaqiyatga erishish garovi hamdir. Biroq ortiqcha xavotir ruhiyatga ziyon etkazadi, sog‘lom turmush tarzini izdan chiqaradi”, dedim. 

Xo‘sh, me’yor qanday? Normal yoki ortiqcha darajadagi shaxsiy xavotirni qanday aniqlasa bo‘ladi? Bu maqsadda juda keng qo‘llaniladigan Spilberger-Xanin so‘rovnomasidan foydalanamiz. Bu so‘rovnomani psixolog ishtirokisiz har bir kishi o‘zida qo‘llab ko‘rishi uchun ishlab chiqilgan. Biroq olingan natijani psixologga ko‘rsatish maqsadga muvofiq.


                                  Spilberger-Xanin so‘rovnomasi
                                 (shaxsiy xavotirni aniqlash uchun)

   Ko‘rsatma. Quyida keltirilgan har bir jumlani diqqat bilan o‘qing va shu kunlarda o‘zingizni qanday his qilayotgan bo‘lsangiz shunga mos javoblardan birini doiraga oling. Javoblar ustida uzoq o‘ylamang va miyaga birinchi kelgan javobni belgilang


#
Savollar.Vaziyatlar
Xech kachon
Deyarli Xech kachon
Tez-tez
Deyarli xar doim
1.
Doim ko‘tarinki kayfiyatda yuraman                




2.
Mening jahlim chiqib turadi




3.
Mening xafa bo‘lishim oson    




4.
Men ham xuddi boshqalar kabi omadli bo‘lishni xohlardim




5.
Men ko‘ngilsizliklardan qattiq siqilaman va uzoq vaqt unuta olmay yuraman




6.
Men kuch-quvvat yog‘ilib kelishini his qilaman va ishga sho‘ng‘igim keladi                





7.
Men tinchman, sovuqqonman va o‘zimni yig‘ib olganman




8.
Meni ro‘y berishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar xavotirga soladi




9.
Men arzimagan narsalarga ham juda siqilaveraman.        




10.
Menda o‘ta baxtiyorlik onlari bo‘lib turadi




11.
Men hamma narsani yuragimga yaqin olaveraman    




12.
Menda o‘zimga ishonch etishmaydi




13.
Men o‘zimni himoyasizdek his etaman




14.
Men o‘ta og‘ir vaziyatlar va qiyinchiliklardan chetroq yurishga harakat qilaman




15.
Men o‘zimni ma’yus his etaman




16.
Mening ko‘nglim shod bo‘lib turadi




17.
Arzimagan narsalar mening fikrimni chalg‘itadi va hayajonga soladi




18.
Men o‘zimni omadsizdek his qilib turaman            




19.
Men vazmin odamman




20.
Ishlarim va rejalarim haqida o‘ylasam, meni kuchli xavotir egallab oladi    





 

Ma’lumotlarni tahlil qilish va hisoblash
∑1 – 2, 3, 4, 5, 8, 9, 11, 12, 14, 15, 17, 18, 20 raqamlar yig‘indisi;
∑2 – 1, 6, 7, 10, 13, 16, 19 raqamlar yig‘indisi. 

Shaxsiy xavotir darajasini aniqlash uchun quyidagi oddiy formuladan foydalaniladi:

 ∑1 – ∑2 + 35 = natija (ball)

Xulosa. Agar 30 balgacha to‘plasangiz, demak Sizda engil xavotir. Bu odatiy hol. Mabodo to‘plangan ballar yig‘indisi 31-45 ball orasida bo‘lsa, buni o‘rta darajadagi xavotir deyishadi. Buning sababini bilish uchun tibbiy psixologga murojaat qilish kerak. Balki Siz asossiz ravishda xavotirda yurgandirsiz. Agar ko‘rsatkichlar 46 baldan baland bo‘lsa (ba’zida 80 balga ham etib qoladi), u holda Sizda kuchli xavotir va fobiya mavjud. Siz tibbiy psixolog bilan jiddiyroq shug‘ullanishingiz kerak. Biroq har qanday qo‘qruv, xavotir va vahimani mutaxassis yordamida uzog‘i bilan bir-ikki oy ichi­da keskin kamaytirish va bartaraf etish mumkin. Shaxsiy xavotir – har qanday insonning xavotirga bo‘lgan moyilligini aks ettiruvchi va uning individualligini belgilab beruvchi xususiyat. Sizga ruhiy salomatlik tilaymiz! Chunki asossiz xavotirga o‘rin yo‘q!

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat., 4-nashr. Ilmiy-ommabop risola. T, 311 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
                 © asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив