ShAXS
Shaxs individualligi bilan ta’riflanadi. Kishi o‘z jismoniy xususiyatlariga ko‘ra boshqalarga o‘xshamaydi, psixologik nuqtai nazardan qaraganda ham bir xil odam bo‘lmaydi. Vrach bemorni o‘rganayotib, uning shaxsiyatiga ham e’tibor beradi, shu bilan birga bemor ham vrach shaxsini diqqat bilan kuzatadi. Shaxsning aniq bir ta’rifini berish mushkul.
Psixologiyada shaxs o‘zining yo‘nalganligi va qobiliyati bilan xarakterlanadi. Yo‘nalganligi deyilganda, odam ehtiyojlari, qiziqishlari, istaklari, moyilligi, e’tiqodi, orzulari va dunyoqarashi tushuniladi. Zamonaviy, madaniyatli kishilarning qiziqishlari turli-tuman bo‘ladi. Qiziqishlar yoshga qarab o‘zgarib boradi. Uch yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan sog‘lom bolalarda hamma narsani bilishga qiziqish yaqqol ifodalangan bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalarning savollari odatda «Bu nima?», «Nega?», «Nima uchun?» dan iborat. Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda o‘yinchoqlar, ularni o‘ynash va boshqa turli o‘yinlarga qiziqish uyg‘onadi. Xuddi shu davrda jonli tabiat va hayvonlarga ham qiziqish paydo bo‘ladi. Keyin ertaklar, fantastika, kulgi, hazil-mutoyibalarga ham qiziqish uyg‘onadi. Matematika, musiqa tinglash, rasm chizish, she’r to‘qishlarga bo‘lgan ishtiyoq ham erta rivojlanadi. Bu qiziqishlar vaqtinchalik va doimiy bo‘lishi mumkin. Texnika va sportga, badiiy adabiyotlarni o‘qishga intilish birmuncha erta boshlanadi
Bu qiziqishning o‘ziga xos qonuniyatlari bor: avval ertaklarga, so‘ngra sarguzasht, fantastik, detektiv adabiyotlarga, keyinchalik esa jinslar orasidagi munosabatlarga qiziqish paydo bo‘ladi. Lekin ba’zi qiziqishlar parallel holda rivojlanishi ham mumkin.
O‘zga jinsga qiziqish (mayl) 12-15 yoshdan boshlab rivojlanadi. Qiziqishlar turidan tashqari, ularning ijtimoiy mavqei va kengligi ham ahamiyatlidir. Qiziqishi chegaralangan odamlar faqat o‘z hunari bilan cheklanib qoladi. Qolgan hech narsa ularni deyarli qiziqtirmaydi. Qiziqish doirasi keng bo‘lgan odam ko‘proq bilishga intiladi. Bunday odamlar o‘z sohasidan tashqari, ilm-fan va taraqqiyotning boshqa sohalari, masalan, ijtimoiy-siyosiy masalalar, san’at va sport turlariga berilib ketadi. Lekin sanab o‘tilgan barcha qiziqishlar odamda bir xil qimmatga ega bo‘lmaydi. Ulardan biri asosiy, qolganlari ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunonchi, har bir vrach uchun anatomiya, terapiya, farmakologiya va psixologiya eng diqqatga sazovor sanalsa-da, bular unga siyosat, musiqa, sport, she’riyat, ov qilish bilan qiziqishga xalaqit bermaydi.
Qiziqishlar barqaror bo‘lishi ham ahamiyatlidir. Ba’zilarda qiziqishlar doimiy bo‘lsa, boshqa birovlarda, masalan, xoleriklarda qiziqishlar tez paydo bo‘lib o‘tib ketadi. Psixopatiyada ko‘pincha qiziqishlar beqaror bo‘ladi. Natijada, kishi shunchaki qiziquvchan bo‘lib qoladi, amalda esa hech bir faol ish qilmaydi yoki chala bajaradi. Masalan, til o‘rganishni boshlaydi-yu, bahona topib tashlab qo‘yadi yoki biror joyga go‘yoki qiziqib ishga kiradi-yu, yana bo‘shab ketadi. Qiziqishlar kuchli va sust bo‘lishi mumkin. Kuchli qiziqqan odam har qanday to‘siqlarni engib o‘ta oladi va boshlagan ishini oxiriga etkazmasdan qo‘ymaydi.
Shaxsga batafsil ta’rif berish uchun uning qiziqishlarini chuqur o‘rganish zarur. Endi buyuk shaxslar haqida to‘xtalsak.
Buyuk shaxslar o‘z aql-zakovati va ilm doirasi bilan ko‘pincha avliyo darajasigacha etishadi. Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshbandiy, Najmiddin Kubro, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Imom Buxoriy kabi allomalarni bunga misol qilib ko‘rsatish mumkin. Har bir odamning dunyoqarashi ko‘proq uning biror maqsadga intilgani, tarbiyasi, orttirgan bilimi va hayot tajribasiga bog‘liq. Ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar kishining dunyoqarashi shakllanishida muhim o‘rin kasb etadi. Agar kishining dunyoqarashi jamiyatda kechayotgan salbiy jarayonlarga mos kelmasa va shunday bo‘lsa-da, bu jarayonlar ijobiy deb tan olinsa, bu holat shaxsning jamiyatga va atrofdagilarga bo‘lgan munosabatini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Shuning uchun ham buyuk shaxslar (Cho‘lpon, Fitrat va boshqalar) o‘z zamonasining qurboni bo‘lishgan yoki qatag‘on qilingan.
Ko‘pchilik olimlarning yutuqlarida ularning shaxsi muhim ahamiyatga molik ekanligi, shaxsning ilm-fan rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatishi aytib o‘tiladi. Har qanday odam, u qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’i nazar, shaxs bo‘lib kamol topishi kerak.
Shaxs kamol topishida qobiliyat va iste’dodning ham ahamiyati katta. Qobiliyat muayyan faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan individual xususiyatdir. Odam qobiliyatli bo‘lib tug‘ilmaydi, balki etishadi. Ilk bolalik davridan boshlab, odamda nimagadir qobiliyat nishonalari bo‘lsa, nimagadir esa bo‘lmaydi. Buni ota-ona darrov ilg‘ab olsa, keyinchalik bola etuk shaxs bo‘lib voyaga etishiga turtki bo‘ladi. Alisher Navoiydagi she’riyatga bo‘lgan qiziqish ilk bolalik yoshidan ilg‘ab olingan va unga har tomonlama ko‘mak berilgan. Natijada yosh Alisher kelajakda buyuk shaxs bo‘lib etishdi. Demak, qobiliyatni taraqqiy ettirish zarur. Bordi-yu qobiliyatning nishonasi bo‘lmasa, uni rivojlantirib bo‘lmaydi. Masalan, skripkachi bo‘lish uchun bir emas, bir necha qobiliyatga ega bo‘lish lozim. Skripkachi maromni sezishi, musiqiy va kinestetik xotirasi bo‘lishi, qo‘l barmoqlari mayin va aniq harakat qilmog‘i lozim. Bunga yana musiqiy did, hissiylik va ko‘pgina boshqa qobiliyatlar qo‘shiladi. Ana shu xususiyatlar bo‘lganda, sanab o‘tilgan barcha qobiliyatlarni o‘qish va mashq qilish jarayonida rivojlantirish mumkin.
Chunonchi, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Al-Farg‘oniy, Bobur, Kamoliddin Behzod, Forobiy, Rudakiy, Pushkin, Motsart, Shekspir, Paskal, Leonardo da Vinchi, Mikelandjelo kabi allomalarda qobiliyat va iste’dod juda erta, ya’ni erta bolalik davridan hayratlanarli darajada rivojlangan. Biroq ko‘pgina olimlar, ixtirochilar va davlat arboblarining iste’dodi etuk yoshda namoyon bo‘lgan holatlar haqida ham ko‘p ma’lumotlar bor.
O‘quvchilarda darslarni o‘zlashtirish darajasi tamomila pedagogik jarayon sifatiga bog‘liq va ularning barchasi yaxshi o‘qishlari kerak, degan fikr xatodir. Bu fikr ta’lim jarayoni soxtalashuvi va o‘zlashtirish sifatining tushib ketishiga sabab bo‘ladi.
Shaxsga ta’rif bera turib, biz buyuk allomalarda talant kurtaklari erta yoshdan boshlab nish urishi haqida aytib o‘tdik. Shu o‘rinda shaxs bilan bog‘liq yana bir qiziq muammo haqida so‘z yuritishni lozim deb topdik, ya’ni, buyuk shaxslar (dohiylar)ning ruhiy nuqsonlari to‘g‘risida. Psixopatiya alomatlari bo‘lgan buyuk shaxslar haqida ilmiy adabiyotlarda turli ma’lumotlarni uchratamiz. Psixopatiya – o‘zini ulug‘lash, egoizm va g‘ayri-ijtimoiy alomatlardan iborat patologik holat. Psixopatiya – kasallik emas, balki shaxsning patologik bir ko‘rinishidir. Psixopatiya negizida tug‘ma omillar yotadi, deb hisoblanadi, biroq uning qay tarzda namoyon bo‘lishiga ijtimoiy omillar katta ta’sir ko‘rsatadi. Psixopatiyaga oid batafsil ma’lumot psixiatriya darsliklarida yoritilgan.
Psixiatrlar iqtidor va ruhiy nuqsonlar orasida uzviy bog‘liqlikni aniqlashga doim harakat qilishgan. Bu bog‘liqlikni o‘rganish deyarli 100 yil oldin boshlangan. Olimlar tarixiy shaxslarning hayoti bilan qiziqib, ularning psixologik anamnezi, oila a’zolari, qarindosh-urug‘lari, ota-onasi va farzandlari haqida ma’lumot to‘plashgan. Buning natijasida antiqa bir xulosaga duch kelishgan: agar geneologik shajaraning bir shoxchasi bo‘ylab ularning ajdodlarida (ota-onasi, buvasi, buvisi) iqtidorli shaxslar aniqlangan bo‘lsa, boshqa bir shoxchasi bo‘ylab ruhiy nuqsonlar, hatto ruhiy kasalliklar aniqlangan. Boshqa xorij olimlari qatori iqtidor bilan ruhiy nuqsonlar orasidagi bog‘lanishni o‘rganishga 1925 yili G.V. Segalin ham harakat qilgan. U eng buyuk shaxslarning hayotini va ulardagi ruhiy nuqsonlarni o‘rgangan va quyidagi jadvallarni tuzgan.
1-jadval
Otasida ruhiy nuqson aniqlangan,
onasi esa iqtidorli bo‘lgan buyuk shaxslar
Buyuk shaxslar | Otasi | Onasi | ||
Iqtidor | Nuqson | Iqtidor | Nuqson | |
Uspenskiy | - | + | + | - |
Stendal | - | + | + | - |
Lev Tolstoy | - | + | + | - |
Dostoevskiy | - | + | + | - |
J.J. Russo | - | + | + | - |
Sharl Jerar | - | + | + | - |
2-jadval
Otasi va onasida ruhiy nuqson aniqlangan
buyuk shaxslar
Buyuk shaxslar | Otasi | Onasi | ||
Iqtidor | Nuqson | Iqtidor | Nuqson | |
Kepler | + | + | - | + |
Gyote | + | + | - | + |
Blok | + | + | + | + |
Mopassan | - | + | + | + |
Bayron | + | + | + | + |
Shopengauer | - | + | + | + |
Balzak | + | + | - | + |
Bu jadvallardan ko‘rinib turibdiki, buyuklik (aniqrog‘i, iqtidor) va ruhiy nuqsonlar nasldan naslga o‘tadi. Ular orasida uzviy bog‘liqlik bor va ruhiy buzilishlar dunyo miqyosida nomi chiqqan buyuk shaxslar (Stendal, Nitsshe, Eynshteyn, Russo, Gyote, Balzak, Landau va h.k)da aniqlangan. Ushbu muallif fikricha, ruhiy sog‘lom kishilarda iqtidor sog‘lom miya tomonidan “bosib” turiladi va talantning «otilib» chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ruhiy nosog‘lom shaxslarda esa bunday to‘siq yo‘q va talant bemalol o‘zini to‘la namoyon qila oladi. Tadqiqotchi o‘z fikrini davom ettira turib, quyidagi xulosada to‘xtaladi: buyuk kishilarning genida ikkita komponent mavjud bo‘lib, ulardan biri uning ajdodlaridan o‘tgan iqtidor bo‘lsa, ikkinchisi ruhiy nuqsondir. Bunday irsiy buzilishlar buyuk shaxslarning o‘zida kuzatilmasa-da, ularning yaqinlarida (akasi, ukasi yoki singlisida) kuzatilgan. Masalan, Gegel, Didro va Shumanning singillarida, L.Tolstoy, Gyugo, Feyerbax va Uspenskiylarning ukalarida ruhiy kasalliklar bo‘lgan. G.V.Segalin fikricha, buyuk shaxslarning farzandlari aksariyat hollarda aqli past va ruhiy nuqsonlarga boy bo‘lishadi. Masalan, Bax, Shuman, Tasit, Mendelson, Gyotening o‘g‘illari va Mark Tvenning qizi ruhiy kasallik bilan og‘rishgan.
Sharqning buyuk allomalari haqida bunday ma’lumotlar yo‘q. Biz xuddi shunga o‘xshash vaziyatni hozirda yashayotgan yoki yashab o‘tgan taniqli insonlar oilasida tahlil qilib ko‘rdik (hozircha chop qilmadik, chunki kuzatuvni davom ettiryapmiz). Haqiqatan ham ota-onasi buyuk bo‘lib, farzandlari hatto imbetsil darajada bo‘lgan yoki o‘ta iqtidorli insonlarning aka-ukasida Alsxaymer kasalligi, shizofreniya kabi holatlarni kuzatganmiz. Oila a’zolarida ruhiy nuqson va iqtidorning yonma-yon uchrashi, ayniqsa, matematik, rassom va kompozitorlar orasida ko‘p kuzatildi.
Tadqiqotchilar yana bir qiziq, umuman olganda, hammaga ma’lum bo‘lgan bir taxminni o‘rtaga tashlashadi. Ba’zida buyuk shaxslar sog‘lom bo‘lgan taqdirda ham, ular o‘z talantlarini ro‘yobga chiqarishi uchun aroqxo‘rlikka ruju qo‘yishgan, masalan, shoirlar. Haqiqatan ham eng jozibali she’rlar mast holda yaratilganligini ko‘pchilik biladi. Go‘yoki aroq talantni bosib turgan to‘siqni olib tashlaydi va buyuk shoirga ilhom yog‘ilib keladi. Bu fikrga qisman qo‘shilish mumkin, albatta. Lekin hech qachon aroq yoki boshqa spirtli ichimlikni talantning yo‘lboshchisi sifatida e’tirof etmaslik kerak. Fikrimizcha, buyuk shaxslarda uchraydigan aroqxo‘rlik (ba’zan xotinbozlik) psixologik vakuumni to‘ldiruvchi bir omildir, xolos. Bugungi kunda psixoanalitiklar, neyrobiologlar, psixofiziologlar talantni ro‘yobga chiqaruvchi omillar ustida ish olib borishmoqda. Lekin maktabni zo‘rg‘a tamomlagan va doimo qoloq bo‘lgan Albert Eynshteyn talantini ro‘yobga chiqarish bilan hech kim alohida shug‘ullanmagan. Shunday bo‘lsa-da, u buyuk shaxs bo‘lib etishdi va olamshumul kashfiyotlari bilan Nobel mukofoti sovrindori bo‘ldi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga qisman bo‘lsa-da tanqidiy ko‘z bilan qarash kerak. Vaholanki, faqat ruhiy nuqsonga ega bo‘lgan odamgina buyuk shaxs bo‘lib etishadi, deb xulosa chiqarish haqiqatga zid bo‘lur edi. Chunki Motsart, Shekspir, Dyuma, Shopen va Raxmaninov (bu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin) kabi buyuk shaxslarda ruhiy nuqsonlar bo‘lmagan. Yana shuni ta’kidlash lozimki, yuqorida nomi tilga olingan shaxslar ruhiy shifoxonalarda davolanishmagan va aksariyat hollarda ularning xulq-atvoridagi g‘alati o‘zgarishlarga qarab baho berilgan, xolos. Bunday paytlarda ruhiy kasallik haqida emas, balki shaxs aktsentuatsiyasi haqida fikr yuritish kerak.
Ko‘rib turganimizdek, iqtidor ham, ruhiy nuqson ham go‘yoki tug‘ma alomatlardir. Buyuk shaxslardagi talantni rivojlantirib, ruhiy nuqsonlarni hech bo‘lmasa kamaytirish mumkinmi? Psixogenetiklar bu muammo ustida bosh qotirmoqdalar, tarbiya va ta’limning buyuk shaxslarni voyaga etkazishdagi ta’sirini o‘rganmoqdalar. Ayniqsa, pedagogik faoliyatda bu muammoga katta e’tibor qaratish kerak. Masalan, “Sen to‘polonchisan, sendan hech kim chiqmaydi”, deb maktabda o‘qituvchisidan dakki egan bola kelajakda buyuk shaxs bo‘lib etishi mumkin. Iqtidorli bola har doim ham o‘ta tartibli bo‘lavermaydi.
LEONGARD BO‘YIChA ShAXSNING 10 TOIFASI
Birinchi toifa. “Namoyishkor shaxs”
Bu toifaga mansub shaxsning xulq-atvorida namoyishkorlik doimo sezilib turadi, u barcha xatti-harakatlarni namoyishkorona bajarishni xush ko‘radi. Atrofdagilar bilan tez va osonlikcha muloqotga kirishadi, ishchan va harakatchan bo‘ladi. Xiyla va nayrangga usta, yolg‘on gapirishga moyil, olifta va xayolparast, o‘z shaxsini bo‘rttirib ko‘rsatuvchi bo‘ladi. Maqtovtalab va manman bu shaxs har qanday ishga tavakkal qo‘l urib ko‘radi, rahbarlikka, atrofdagilarning e’tiborida bo‘lishga intilib yashaydi. Odamlar bilan tez til topishib ketadi, har qanday vaziyatga tez moslashib oladi, agar uning xatti-harakatlari atrofdagilar tomonidan tan olinmasa yoki unga e’tibor qilinmasa, uning kayfiyati tez buziladi va suhbatni boshqa yo‘nalishga o‘zgartirib yuboradi.
Mana shunday paytlarda o‘z foydasiga janjalli vaziyatlarni yuzaga keltirishga urinib ko‘radi va bunga erishadi ham. Bunday shaxs doimo diqqat-e’tiborda bo‘lishni xohlaydi, maqtovga chanqoq bo‘ladi, agar atrofdagilar uni maqtamasa, u o‘zini maqtay boshlaydi, yonidagi suhbatdoshini hayratda qoldiradigan uydirmalar o‘ylab topadi, o‘zining so‘zamolligidan faxrlanib yuradi. Uning oldida birovni maqtashning foydasi yo‘q. Chunki bu uning kayfiyatini tushirib yuboradi, bunday paytlarda u suhbatni yana o‘z foydasiga burishga intilib ko‘radi yoki dialogni to‘xtatib qo‘ya qoladi.
Mabodo, u bilan avval og‘irroq vaziyatlar ro‘y bergan bo‘lsa, suhbat chog‘ida bu voqeani bo‘rttirib so‘zlab beradi, atrofdagilarda unga nisbatan hamdardlik va achinish hissini paydo qilishga urinib ko‘radi. Agar uning so‘zlariga e’tibor qilinmasa, tez jahli chiqadi, biroq buni sezdirmaslikka harakat qiladi. U doimo atrofida odamlarni to‘plab va’zxonlik qilishni, jamoaga etakchilik qilishni yoqtiradi va o‘zi alohida ko‘zga tashlanib turishni istaydi. U yolg‘izlikni xush ko‘rmaydi va doimo mansabga intiladi. Uning ichki tuyg‘ularini ro‘yobga chiqaruvchi, o‘zini ko‘z-ko‘z qilishga katta imkoniyatlar yaratib beruvchi yagona vaziyat – bu mansab. Shu bois qanday bo‘lmasin, u biror-bir mansabni egallashni orzu qilib yashaydi. Aslida uning xatti-harakatlari doimo ham haqiqatga mos kelavermaydi. Agar kichikroq bir favqulodda vaziyat yuzaga kelsa, jamoani yig‘ib, juda katta shov-shuv ko‘taradi, yig‘in paytida ataylab ziddiyatli vaziyat yaratadi, jamoa a’zolari ichidan aybdorni izlay boshlaydi, topa olmasa, birovni birovga to‘qnashtirib, aybdorni topib oladi va uning obro‘sini hammaning oldida erga uradi, o‘zini esa chetga oladi. Janjalni ham o‘z foydasiga hal qilib, vaziyatdan “qahramon” bo‘lib chiqishga urinadi va aksariyat hollarda bunga erishadi ham.
Unda siqib chiqarish xususiyati (psixoanalizda Freyd tomonidan taklif qilingan “siqib chiqarish” atamasi bor) kuchli bo‘ladi, ya’ni u o‘ziga yoqmagan voqea va hodisalar tafsilotini xotirasidan o‘chirib tashlash qobiliyatiga ega. Yolg‘on gapirish bunday shaxs uchun odatiy holdir: uning hayot tarzida yolg‘on va haqiqatlar shu darajada chalkashib ketadiki, keyinchalik gapirgan gaplarining qaysi biri yolg‘on-u qaysi biri haqiqatligini o‘zi ham anglay olmay qoladi. Shu bois keyinchalik unga bo‘lib o‘tgan voqealar aytib berilsa, eslay olmaydi, biroq haqiqatan ham eslay olmayaptimi yoki eslashni xohlamayaptimi, bilib olish o‘ta mushkul. Bunday odamlarni psevdolog, ya’ni yolg‘onchi deb ham atashadi. Shu asnoda ularning fikrlash doirasi kengligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Ular ba’zan inson hayratda qoladigan ishlarga tavakkal qilib qo‘l urishadi va ishchanlik qobiliyati yuqoriligi uchun ancha yutuqlarga erishishadi ham.
Ikkinchi toifa. “Qotma shaxs”
Muloqotga hadeb kirishib ketmaydigan, kamgap, takabbur odam. Kam gapirsa-da, nasihat qilishni xush ko‘radi. Unga nisbatan aslida mavjud bo‘lmagan adolatsizlikdan aziyat chekib yuradi. Shu sababli uning xatti-harakatida odamlarga nisbatan ishonchsizlik va ehtiyotkorlik ustun turadi. Gina va xafagarchilikka beriluvchan, tez ranjiydigan, voqea va hodisalarga shubha bilan qaraydigan shaxs. U bilan yuz bergan voqealardan uzoq vaqt siqilib yuradi, xafagarchilikdan oson chiqa olmaydi, qasoskor bo‘ladi. Bunday odam janjal va kelishmovchiliklarni yuzaga keltirishda tashabbuskor bo‘lib qolishi mumkin. Izzattalab, o‘ziga qattiq ishonadigan va o‘z bilganidan qolmaydigan sobitqadam bu shaxs biror-bir ishni qat’iyatlilik bilan boshlab, oxiriga etkazadi ham. Bu shaxs o‘ta ishchan bo‘lib, har qanday sharoitda ham yuqori qo‘rsatkichlarga erishishga intiladi, boshlagan ishini birov bilan baham qo‘rmay, yolg‘iz o‘zi bajarishni xush ko‘radi. Qaysar, o‘jar va tez-tez hissiy qo‘zg‘alishlar ro‘y berib turadigan bu shaxsning xulq-atvorida haqiqatgo‘ylik, ranjish, tez xafa bo‘lish, gumonsirash, rashk kabi turli xislatlar birgalikda namoyon bo‘ladi. Unda chuqur hissiy kechinmalar ro‘y bersa ham buni darrov yuzaga chiqaravermaydi, ichida saqlashga harakat qiladi va bu borada uning fikrini tez bilib olish ancha mushkul.
Uchinchi toifa. “Rasmiyatchi shaxs”
Sinchkov, maydakash va o‘ta rasmiyatchi shaxs. Janjal va kelishmovchiliklarga kam aralashadi, agar janjalli vaziyatlarda paydo bo‘lib qolsa, o‘zini chetga oladi yoki passiv ishtirokchiga aylanadi. Shunday bo‘lsa-da, shakllanib qolgan tartib-qoidalarning buzilishiga tezda diqqatini qaratadi. Ish joyida haqiqiy byurokrat bo‘lib, har bir ishda rasmiyatchilikka boradi, qo‘l ostida ishlaydiganlarga juda ko‘p talablar qo‘yadi. O‘z ishiga juda puxta, o‘ziga va boshqalarga o‘ta talabchan, tartibni xush qo‘radigan, g‘oyatda sinchkov bo‘lib, har bir ishni reja asosida bajarishni yoqtiradi. Biror-bir ishni boshlashdan oldin uni sinchkovlik bilan o‘rganadi, reja tuzadi, o‘zi ham o‘sha rejaga qattiq amal qilishga harakat qiladi, o‘z oldiga qo‘ygan ishlarni shoshmasdan, biroq yuqori darajada sifatli bajarishga intiladi. Xatoga yo‘l qo‘yilmadimi deb, o‘zini va boshqalarni tez-tez tekshirib turadi. Rasmiyatchilik uning hayot tarziga aylangan bo‘lib, vaziyat shuni taqozo etsa, mansabdan osonlik bilan voz kechadi. Ruhiy jarohatlarni uzoq vaqt esida saqlab yuradigan, og‘ir tabiatli va o‘ch olishga moyil shaxs.
To‘rtinchi toifa. “Ta’sirchan (qo‘zg‘aluvchan) shaxs”
Jizzaki, o‘z his-tuyg‘ularini jilovlay olmaydigan, qo‘pol, janjalkash va tez g‘azablanadigan kishi. Uning xulq-atvorida instinktiv intilishlar ustun turadi. U badqovoq va zaharxanda kishi bo‘lib, birov bilan osonlikcha murosaga bormaydi, doimo janjalning o‘rtasida bo‘ladi, odamlar orasida kelishmovchiliklarning yuzaga kelishida faol ishtirokchidir. Aksariyat hollarda esa janjalning muallifi uning o‘zi bo‘lib chiqadi. Jamoada uzoq vaqt ishlay olmaydi, tez-tez yuzaga keladigan kelishmovchiliklar sababli bir ishdan boshqa ishga o‘tib yuradi. U odamlar bilan bemalol til topishib keta olmaydi. Bunday shaxs biror-bir ishga ishtiyoq bilan kirishmaydi, ishga ham zarurat uchun boradi, qaysidir soha yoki ilmni o‘zlashtirishga ham ishtiyoq bo‘lmaydi. Kelajakka befarq va bugungi kun bilan yashaydigan bu shaxs ko‘ngilxushlik va o‘yin-kulgili tadbirlarga o‘ch bo‘ladi. Biroq bunday joylarda ham odamlar bilan urishib qoladi. Hamma bilan til topishavermagach, o‘zidan kuchsizroq odamlar bilan muloqot qilishga va ularni o‘ziga bo‘ysundirishga harakat qiladi. Yuqori darajadagi qo‘zg‘aluvchan bu shaxsni boshqarish qiyin bo‘lib, uning xatti-harakatlari atrofdagilar va jamoa obro‘si uchun xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishi mumkin.
Beshinchi toifa. “Gipertim shaxs”
Gipertimiya – yuqori kayfiyatga ega va hissiyotga boy degani. Bu toifaga kiruvchi shaxs yuqori darajada harakatchanligi, so‘zamolligi, mimikalarga boy xatti-harakatlari, dilkashligi bilan ajralib turadi. U har qanday odam bilan tezda muloqotga kirishib keta oladi, ulfatchilikni xush ko‘radi, shum va sho‘x bo‘ladi. Suhbat chog‘ida dastlabki mavzudan tezda chetga chiqib ketadi, gohida buni o‘zi ham sezmay qoladi. O‘z tengdoshlari orasida e’tiborda bo‘lishni, iloji bo‘lsa ularga yo‘lboshchi bo‘lishni va shovqin-suronli hayotni xush ko‘radi. Deyarli doimo a’lo kayfiyatda bo‘ladi, o‘zini yaxshi ko‘radi, yuqori hayotiy quvvat va ishtahaga ega bu odamning yuz-ko‘zi kulib turadi, hayotdan quvonib yashaydi. U o‘ziga yuqori baho beradi, chaqqon va engiltak bo‘ladi, quvnoq hayotni yoqtiradi, ishbilarmonligi bilan ajralib turadi, yuzaki ishlarni zudlik bilan bajarib tashlaydi. Bunday shaxs juda ajoyib suhbatdosh bo‘lib, atrofdagilar qo‘nglini chog‘ qilishni xush qo‘radi, ko‘ngilyozar ishlarga yo‘lboshchilik qiladi, kerak bo‘lsa turli xursandchiliklarni o‘zi o‘ylab topadi va boshqalarni bunga jalb qiladi. Bu ishlarga keragidan ortiqcha berilish janjalli vaziyatlarning kelib chiqishiga turtki bo‘ladi. Agar u qilayotgan ishiga ochiq to‘sqinlikni sezsa yoki bu ishlarni amalga oshirayotganda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, asabiylashib ketadi, qattiq g‘azablanadi. Ba’zan o‘z majburiyatlariga yuzaki qaraydi, jiddiy tartib-intizomga uning toqati yo‘q. Hayot tarzida bir xillik va yolg‘izlikni yoqtirmaydi, ba’zan axloqsiz ishlarga qo‘l uradi.
Oltinchi toifa. “Distimik shaxs”
Bu toifaga kiruvchi shaxs o‘zining jiddiyligi bilan ajralib turadi, o‘ta bosiq bo‘lib, kayfiyati past odamni eslatadi. Uning harakatlari sust bo‘lib, kelajakka tushkun ruhda qaraydi, o‘z imkoniyatlarini ham past baholaydi, birovlar bilan kam muloqotga kirishadi, davralarda suhbatga aralashmay jim o‘tirishni xush ko‘radi. U, odatda, ko‘cha-ko‘ylarga chiqmay uyda o‘tirishni afzal ko‘radi, g‘ala-g‘ovur va shovqinli joylardan chetroq yuradi, yolg‘izlikni yoqtiradi. Bunday odamni o‘troq hayot kechiruvchi deb atash mumkin. Biroq u bilan yaqinlashishga intilganlarni hurmat qiladi, unga bo‘ysunishga ham tayyor turadi, haqqoniy do‘stlikning qadriga etadi. To‘g‘rilik va haqiqatgo‘ylikka intilsa-da, o‘z fikrini bayon qilishda ancha sust bo‘ladi.
Ettinchi toifa. “Xavotirli shaxs”
Bu toifaga kiruvchi shaxs birovlar bilan darrov muloqotga kirishib keta olmaydi, doimo xavotirda yuradi, qo‘rqoq va uquvsiz bo‘ladi, o‘ziga ishonmaydi. Qorong‘ilikdan, uyda yolg‘iz qolishdan va hayvonlardan qo‘rqadi. O‘z tengdoshlariga qo‘shilib keta olmaydi, ulardan o‘zini chetga oladi, shovqinli, o‘yin-kulgili joylarni yoqtirmaydi, mabodo bunday joylarda paydo bo‘lib qolsa, uyalib, chetda tomoshabin bo‘lib turadi. Agar uning mehnat yoki o‘quv faoliyatini kimdir tekshirmoqchi bo‘lsa yoki biror bir fandan imtihon topshirishga to‘g‘ri kelsa, bunday holatlarni juda og‘ir qabul qiladi, o‘ziga ishonchsizligi yanada kuchayadi, bezovtalana boshlaydi. Agar qaysidir masala bo‘yicha nutq so‘zlash kerak bo‘lsa yoki auditoriyada ma’lumot berish zarurati tug‘ilsa, uyalib, qattiq terga botadi. Shu bois u o‘z xohishi bilan hech qachon minbarga chiqmaydi. Kattalar himoyasiga o‘zini jon deb otadi, biroq ularning uzundan-uzoq pand-nasihatlari uning joniga tegadi. Bunday paytlarda o‘zining uquvsizligini sezib turadi va uyatchanligidan aziyat chekadi. Shunday bo‘lsa-da, o‘zini-o‘zi yupatib yuradi, shundayligidan ba’zan siqiladi va yig‘lab ham oladi. Unda burchga sadoqat, mas’uliyat hissi, yuqori darajadagi axloq va odob tamoyillari ancha erta shakllanadi. O‘zida mavjud bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qudrati etadigan ishlar bilan shug‘ullanishga intiladi va o‘sha erda o‘z imkoniyatlarini to‘la ochishga harakat qiladi.
Bolalik paytidan mavjud bo‘lgan uyatchanligi va tortinchoqligi sababli katta bo‘lganda ham o‘zi xohlagan odamlar bilan tezda muloqotga kirishib keta olmaydi. Ko‘p gap ko‘tara olmaydi, agar uni nohaq ayblashsa, o‘zini himoya qila olmaydi, o‘sha erda kuchliroq odamning himoyasini xohlab qoladi va uning har qanday topshirig‘ini bajarishga shay turadi. Bunday shaxs bilan do‘stona munosabatlarni boshlash ham oson. Atrofdagilar bilan janjalli voqealarga kam aralashadi, agar kelishmovchiliklar orasiga tushib qolsa, passiv ishtirokchiga aylanadi, xolos. Har holda u o‘z imkoniyatlarini tanqidiy baholay oladi, xulq-atvoridagi kamchiliklarni o‘zi ham biladi. Uni mehr izlovchi shaxs deb atash mumkin. Ular o‘zlarini o‘zlari himoya qila olmaganliklari sababli hamkasblari tomonidan kulgili voqealarning qahramonlariga aylanib qolishadi. Shu bois, qandaydir nojo‘ya voqea yuz bersa, osonlikcha uning bo‘yniga ag‘darishadi.
Sakkizinchi toifa. “Xushchaqchaq shaxs”
Bu toifaga kiruvchi shaxsning xulq-atvorida yaqqol ko‘zga tashlanib turadigan xislatlar – o‘ta baxtiyorlik, zavqlanish, xushchaqchaqlik, shodlanish, huzurlanish hissidir. Boshqalarga shodlanish, zavqlanish hissini yuzaga keltira olmaydigan vaziyatlar unda shunday his-tuyg‘ularni yuzaga keltira oladi. Ozgina bo‘lsa-da, quvonchli voqealar darrov uning e’tiborini tortadi va kayfiyatini ko‘taradi, xuddi shunday g‘amgin voqealar esa kayfiyatini tushuradi. U muloqotga tez kirishib ketishi, so‘zamolligi va yoqimliligi bilan boshqalardan ajralib turadi, agar kulsa yayrab kuladi. Shu bois uni ko‘pchilik yoqtiradi. Bahslashishni xush ko‘rsa-da, bahsni janjalgacha etkazmaydi. Turli xil kelishmovchiliklar orasiga tushib qolsa, vaziyatga qarab yo faol, yo passiv ishtirokchiga aylanadi. U do‘stlari va yaqinlariga juda bog‘lanib yashaydi, unda achinish va rahmdillik hissi yaxshi rivojlangan bo‘ladi, o‘z his-tuyg‘ularini yashirmay yaqqol namoyon qila oladi. Agar suhbat chog‘ida uni yaqinroq bilishga harakat qilsangiz, bemalol buning uddasidan chiqasiz, ya’ni u o‘z dardini doston qilishga doim tayyor. Aksariyat hollarda vahimachi bo‘ladi, arzimagan vaqt ichida kayfiyati tez o‘zgarib, birdan “portlab ketishi” mumkin. Shuning uchun ham ularni beqaror shaxs deyishadi.
To‘qqizinchi toifa. “Emotsional shaxs”
Bu toifaga kiruvchilarning xulq-atvoridagi xislatlar bir qaraganda xushchaqchaq toifaga kiruvchilarga o‘xshab ketadi. Biroq emotsional shaxslar o‘zlarining his-tuyg‘ularini yaqqol namoyon qilishavermaydi, ya’ni bir oz niqoblangan tusda bo‘ladi. Emotsional shaxs uchun hissiyotga beriluvchanlik, ta’sirchanlik, vahima, qo‘rqoqlik, xavotir va ko‘p so‘zlash xos. Uning xulq-atvorida yaqqol namoyon bo‘luvchi xislatlar – insonparvarlik, odamlar va hayvonlarga nisbatan mehr-shafqat va mehribonlikdir. Tashqi ta’sirlarga tez beriladi, hayotda ro‘y berayotgan voqea va hodisalar unga tez ta’sir qiladi, yig‘lab ham oladi.
Kinofilmlardagi zo‘ravonliklar uni qattiq larzaga soladi. Bu filmlardan so‘ng kayfiyati uzoq vaqt buzilib yuradi, yomon tushlar ko‘rib chiqadi. Janjalli voqealarga kam qo‘shiladi, xafa bo‘lsa, ichiga yutadi. Unda burchga sadoqat kuchli shakllangan bo‘lib, topshiriqlarni bajarishda doimo ilg‘or bo‘ladi. U tabiatni sevadi, o‘simliklar parvarish qilishni va hayvonlarni yoqtiradi, bu ishidan zavqlanib yuradi.
O‘ninchi toifa. “Tsiklotimik shaxs”
Tsiklotimiya grekchadan kayfiyat, his-tuyg‘u degani. Gipertimik (yuqori kayfiyat) va distimik (buzuq kayfiyat) holatlarning bir-biri bilan almashib turishi bilan namoyon bo‘ladi. Bunday shaxsning kayfiyati tashqi ta’sirlarga juda bog‘liq bo‘lib, tez-tez o‘zgarib turadi. Ba’zan hech qanday sababsiz uning kayfiyati buzilishi mumkin. Kayfiyatni ko‘taruvchi voqealar ro‘y bersa, uning faolligi oshib, juda ishchan bo‘lib qoladi, tashlab qo‘ygan ishlarini zavqlanib, qayta boshlab yuboradi, o‘zidagi bu faollikni ko‘rib, ko‘tarinki kayfiyatda yuradi, so‘zamol bo‘lib qoladi, miyasiga zo‘r g‘oyalar kela boshlaydi.
Bunday holat gipertimiya deb ataladi. Agar to‘satdan g‘amgin voqealar yuz bera boshlasa, barcha qilayotgan ishlarini to‘xtatib qo‘yadi, kayfiyati buziladi, fikri karaxt va kamgap bo‘lib qoladi, ishtahasi yo‘qolib, janjal ko‘taradi va g‘azablanib yuradi. Bu holat distimiya deb ataladi. Shu bois unga jiddiy ishlarni topshirib bo‘lmaydi. Distimiyani depressiyadan ajratish ba’zan qiyin. Shuning uchun ularni uzoq vaqt kuzatuvga olish zarur.
Ayzenk bo‘yicha shaxs tiplari. Ayzenk shaxsni o‘rganish bo‘yicha o‘z kuzatuvlariga asoslanib odamlarni 2 toifaga ajratib o‘rgangan, ya’ni ekstravertlar va introvertlarni ajratgan.
- Ekstravertlar. Ular juda dilkash, his-tuyg‘ulari tashqariga yo‘nalgan, sir-sanoatlarini boshqalarga yoyib yuradigan va odamlar bilan muloqotda bo‘lishni xush ko‘radigan insonlardir. Ular uchun birovlar bilan muloqotda bo‘lish juda yoqimlidir, ular xushchaqchaq, quvnoq, tez qo‘zg‘aluvchan, serjahl va jizzaki shaxslardir. Ular kelajakka optimizm bilan qarashadi, o‘ta ishchan va faol bo‘lishadi, lekin sir saqlay olishmayda. O‘z his-tuyg‘ularini nazorat qila olishmaydi. Jahli chiqsa, tajovuzkor bo‘lib qolishlari mumkin. Jiddiy ishlarga, ayniqsa, uzoq vaqt davom etuvchi ishlarga ularni sherik qilishda ehtiyotkorlik kerak.
- Introvertlar. O‘ta kamgap, muloyim, uyatchan, his-tuyg‘ulari ichkariga yo‘naltirilgan shaxs.Ularning sirlarini bilib olish juda qiyin, darrov muloqotga boravermaydi, qaysi bir jamoada suhbatga aralashib qolsa, kam so‘zlaydi yoki indamay o‘tirishni xush ko‘radi. O‘z xatti-harakatlarini tahlil qilib yuradi. Hammaga ham qo‘shilavermaydi, do‘stlari kam bo‘ladi. Qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni yaxshilab o‘ylab oladi, keyin reja tuzadi, uning biror qarorga kelishi qiyin. O‘z his-tuyg‘ularini nazorat qila oladi, uning jahlini chiqarish ham qiyin. Axloqiy me’yorlarga amal qiluvchi bu shaxslarda optimizmga qaraganda pessimistik ruh ustunlik qiladi.
Agar odamning xulq-atvoridagi xislatlari uning biologik yoshidan ancha orqada qolib ketgan bo‘lsa, o‘zini tutishi bolalar yoki o‘smirlar qiliqlarini eslatsa, bunday shaxslarning psixologik yoshi biologik yoshidan orqada qolgan hisoblanadi. Ayniqsa, bolani juda erkalatib tarbiyalash yoki 14-15 yoshga kirib qolgan o‘smirga 4-5 yashar boladek munosabatda bo‘lish, uni mustaqil hayotga o‘rgatmaslik psixologik yoshning orqada qolib ketishiga sabab bo‘ladi. Bunday shaxslar ulg‘ayganda mas’uliyatsiz bo‘lib, o‘zlari mustaqil ishga qo‘l urishdan hayiqishadi, birovga qaram bo‘lib o‘sishadi, hayotda ko‘p turtilishadi. Ularni maqtasa, yosh boladek xursand bo‘lib kulishadi, yoshiga mos bo‘lmagan qiliqlar qilishadi. Bunday holatlarda puerilizm haqida so‘z boradi. Psixologik yosh orqada qolgan 10 yashar bolaning gap-so‘zlari, o‘zini tutishi 5 yashar bolani yoki 25 yashar talabaning o‘zini tutishi maktab o‘quvchisi qiliqlarini eslatadi. Ular o‘zidan kichik yoshdagilar bilan o‘ynashni xush qo‘rishadi, xatti-harakatlari isterik shaxslarni eslatadi, engiltak bo‘lishadi, jiddiy ishlarga yuzaki qarashadi yoki qo‘l urishmaydi, tengdoshlari ularga (ayniqsa, qiz bola bo‘lsa) tegajoqlik qilib yurishni xush qo‘rishadi.
Oilaning uch toifasi. Psixologlar er-xotin orasidagi munosabatlarga qarab oilaning 3 xil toifasini ajratishgan: “Ona-o‘g‘il”, “Ota-qiz” va “Aka-singil” toifasidagi oilalar.
- “Ona-o‘g‘il” toifasidagi oila. Bunday oilada ayol kishi oilani boshqarishni deyarli butunlay qo‘lga oladi, uning huquqlari beqiyos bo‘ladi, u xattoki erkak kishi bajarishi lozim bo‘lgan oila yumushlarini ham o‘zi qiladi. Ya’ni u xotin emas, balki ona rolini ijro etadi. Erning haq-huquqlari esa bu erda juda kam ifodalangan bo‘ladi, oilani boshqarish ishlariga u deyarli aralashmaydi, ya’ni u oilada er emas, balki o‘g‘il vazifasini ijro etadi. Oilani boshqarishning bunday usuli ikkala tomonni ham qoniqtiradi, ya’ni er-xotin orasidagi munosabatlar shunday vaziyatni yuzaga keltiradi. Xotin erini o‘z himoyasiga oladi, uni boshqa erkaklardan asraydi, unga doimo maslahat berib yuradi. Shuning uchun ham bunday oilalarni “ona-o‘g‘il” toifasidagi oila deb qarashadi. Bunday oilalarda so‘nggi qaror xotin tomonidan qabul qilinadi, eri esa uning aytganlarini so‘zsiz amalga oshiradi.
- “Ota-qiz” toifasidagi oila. Oiladagi barcha yumushlarni erkak kishi bajaradi, erning huquqlari beqiyos bo‘ladi, u hattoki ayol kishi bajarishi lozim bo‘lgan ishlarga ham aralashaveradi, xotiniga qiz bolaga qaragandek munosabatda bo‘ladi, ya’ni u er emas, balki ota vazifasini bajaradi. Xotinning haq-huquqlari esa bu erda juda kam ifodalangan bo‘ladi, oilani boshqarish jarayoniga deyarli u aralashmaydi, ayol kishi bajarishi lozim bo‘lgan ishlarga ham eridan beruxsat qo‘l urmaydi, ya’ni u oilada ona emas, balki qiz vazifasini ijro etadi. Oilani boshqarishning bunday usuli ikkala tomonni ham qoniqtiradi, ya’ni er-xotin orasidagi munosabatlar shunday vaziyatni yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham bunday oilalarni “ota-qiz” toifasidagi oila deb atashadi.
- “Aka-singil” toifasidagi oila. Bunday oila psixologik nuqtai nazardan olganda eng maqbul oiladir, chunki bu erda er va xotinning vazifalari ular orasida taqsimlangan bo‘ladi: er o‘zi bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar bilan shug‘ullanadi. Masalan, u oilani boshqarishning 60 % ni o‘z qo‘liga olsa, 40% yumushni xotiniga qoldiradi. Oila bo‘yicha muhim qarorlarni qabul qilish erkak kishining qo‘lida bo‘ladi, u oilaning yo‘lboshchisi va himoyachisi bo‘lsa, ayol kishi esa uning eng yaqin maslakdoshi bo‘ladi. Demak, oilada er o‘zini xuddi aka sifatida, xotin esa singil sifatida tutadi. Bunday oilada ayol kishining ham, erkak kishining ham huquqlari saqlangan bo‘ladi, ota-ona orasidagi bunday munosabatlar ta’siri ostida voyaga etgan o‘g‘il ayol kishini, qiz esa erkak kishini xurmat qiladigan bo‘lib o‘sadi. Bunday oila mustahkam bo‘lib, uning a’zolarini hamma xurmat qiladi, ularning farzandlari ham keyinchalik oila qurishsa, o‘zaro munosabatlarini “aka-singil” toifasidagi oilaga o‘xshab amalga oshirishga harakat qilishadi.
A) “Ona-o‘g‘il” toifasidagi oilada voyaga etgan qiz “ota-qiz” toifasidagi oilada voyaga etgan o‘g‘ilga turmushga chiqsa, bu oila mustahkam bo‘lmasligi bo‘lishi mumkin. Chunki qiz ona hukmronlik qilgan oilada katta bo‘ladi. Qiz oilani onasi boshqargandek boshqarishga, erini o‘ziga bo‘ysundirishga intilsa, yigit esa oilani xuddi otasidek boshqarishni istaydi va xotinini o‘ziga so‘zsiz bo‘ysunishini talab qiladi. Tabiiyki, buning uddasidan chiqish o‘ta mushkul bo‘lib, tez-tez bo‘ladigan urush-janjallar sababli oila barbod bo‘lishi mumkin.
B) “Ona-o‘g‘il” toifasidagi oilada voyaga etgan o‘g‘il “ota-qiz” toifasidagi oilada ulg‘
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha