Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Shulte jadvali (sonlarni topib chiqish usuli)

Shulte jadvali (sonlarni topib chiqish usuli)


Maqsad: Diqqat tezligi, xajmi va toliqish darajasini tekshirish.
   
O‘tkazish tartibi: Buning uchun 5 ta jadval tanlab olinadi. Har bir jadval kamida 30x30 sm.li karton qog‘ozda aks etgan bo‘lishi kerak. Bu jadvallarda 1 dan 25 gacha bo‘lgan sonlar xaotik tarzda joylashtirilgan bo‘ladi (jadval). Qoida bo‘yicha beshta jadval ham ketma-ket bajarib boriladi. Har bir jadvaldagi sonlarni topishga ketgan vaqt sekundomer yordamida daftarga qayd qilib boriladi. Sinaluvchi barcha sonlarni, ya’ni birdan oxirgi songacha ovoz chiqarib ko‘rsatib berishi kerak.

jadval

 Shulte jadvallari
14    18    7    24    2
122    1    10    9    6
16    5    8    20    
1123    2    25    3    15
19    13    17    12    4

9    5    11    23    20
14    25    17    19    13
3    21    7    16    
118    12    6    24    4
8    15    10    2    22



5    14    12    23    2
18    25    7    24    13
11    3    20    4    16
6    10    9    22    
121    15    9    17    8

21    12    7    1    20
6    15    17    3    18
19    4    8    25    13
24    2    22    10    5
9    14    11    23    16


Natijalarni tahlil qilish va xulosa chiqarish:
DT – diqqat tezligi (soniya) quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
DT = J1+J2+J3+J4+J5/5, bunda:
J1 – birinchi jadvalga ketgan vaqt (soniya)
J2 – birinchi jadvalga ketgan vaqt (soniya)
J3 – birinchi jadvalga ketgan vaqt (soniya)
J4 – birinchi jadvalga ketgan vaqt (soniya)
J5 – birinchi jadvalga ketgan vaqt (soniya)

4-jadval. Shulte jadvali bo‘yicha turli yoshlarda diqqat tezligi ko‘rsatkichlari (soniya)

   Yoshi
Ballar
5 ball
(juda yuqori)
4 ball
(yuqori)
3 ball
(o‘rtacha)
2 ball
(past)    
1 ball
(o‘ta past)

6-7 yosh
51 gacha
61-70
71-80
81-90
91 dan ko‘p
8-9 yosh
41 gacha
51-60
61-70
71-80
81 dan ko‘p
10-11 yosh
31 gacha
41-50
51-60
61-70
71 dan ko‘p
12 yosh va kattalar
30 gacha
31-45
46-60
61-75
76 dan ko‘p

    
Shunday qilib, sog‘lom odam bitta jadvaldagi barcha sonlarni to‘g‘ri topishga 30-50 soniya vaqt sarflaydi. Yosh oshgan sayin topshiriqni bajarishga ketgan vaqt ham oshib boradi. Shulte jadvalining kompyuterlashtirilgan varianti asab.uz saytiga joylashtirilgan bo‘lib, har bir odam o‘zining diqqat tezligi, hajmi va toliqishini mustaqil ravishda tekshirib olishi mumkin.


Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.  
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; ©asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив