Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Bazilyar arteriya anevrizmasi

Bazilyar arteriya anevrizmasi


Bazilyar arteriyada joylashgan anevrizma yorilsa, nafas olish va yurak-qon tomir faoliyati keskin buziladi va darrov koma rivojlanadi. Bunday paytda kranial nervlar deyarli har doim zararlanadi. O‘tkir gemorragiyaning birinchi kuniyoq ikkala qorachiq ham kengayadi (ikki tomonlama midriaz) va fotoreaktsiya umuman yo‘qoladi. Bazilyar arteriyaning yuqori va pastki segmentlari anevrizmasi yorilishi turli simptomlar bilan namoyon bo‘ladi. Yuqori segment anevrizmasi yorilsa – ptoz, qochuvchi g‘ilaylik, midriaz, Parino simptomi, kuchli nistagm, ba’zida oftalmoplegiya rivojlanadi. Anevrizmalar yorilishi, aksariyat hollarda, ushbu arteriya tarmoqlarining periferik qismida o‘tkir ishemiya holatlarini yuzaga keltiradi. Ba’zida ishemiya miyaning katta sohasini egallaydi. Bazilyar arteriya anevrizmasi yorilsa, a. cerebri posterior qon bilan ta’minlaydigan sohada ishemiya rivojlanadi. Bunda gomonim gemianopsii yoki kortikal ko‘rlik paydo bo‘ladi. Ishemiya a. basilaris ning kalta arteriyalarida ro‘y bersa, alternirlashgan sindromlar vujudga keladi.

Manba:  ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
              ©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
              © Ibodullayev ensiklopediyasi 
              ©asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив