Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi BIPOLYaR AFFEKTIV BUZILIShLAR

BIPOLYaR AFFEKTIV BUZILIShLAR


KXT-10 da alohida kod bilan belgilangan (F31 bipolyar affektiv) buzilishlar. ushbu buzilishlar maniakal-depressiv psixoz deb ham ataladi. Bipolyar affektiv buzilishlar – maniakal va depressiv holatlarning galma-gal kuzatilishi bilan namoyon bo‘luvchi affektiv holatdir. Maniya – depressiyaga teskari bo‘lgan ruhiy holat. Bu paytda bemorning kayfiyati yuqori darajada ko‘tariladi va u sho‘x-shodon bo‘lib qoladi, hazil-mutoyibalar qiladi, hatto qo‘shiq aytib, raqsga tushadi, jismoniy faolligi ham kuchayib ketadi (bir haftadan buyon qilinmay yotgan ishlarni bir kunda bajarib tashlaydi),  libido kuchayib  seksual faolligi oshadi, gapdon bo‘lib qoladi (bir necha kundan buyon jim yurgan odam endi oila a’zolari bilan qizg‘in suhbat qura boshlaydi). Uning bu holatidan xursand bo‘lgan farzandlari “Oyim depressiyadan tuzaldi” deb o‘ylashadi. Biroq bu hursandchilik uzoqqa bormaydi. Bir-ikki haftadan keyin bemor yana depressiyaga tushadi, ya’ni maniakal davr tugab, depressiya davri boshlanadi. Bipolyar affektiv buzilishlar, ya’ni maniakal-depressiv psixoz endogen depressiyalar toifasiga kiradi va bir bosqichdan ikkinchi bosqichga tashqi ta’sirlarsiz o‘tib turadi. Bu haqda batafsil ma’lumot psixiatriya darsliklarida keltirilgan. 


Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.  
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; 
             ©asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив