Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi BILAK NERVI NEVROPATIYaSI

BILAK NERVI NEVROPATIYaSI


Etiologiyasi. Bilak nervi (n. radialis) biroz yuza joylashganligi bois o‘rta nervga qaraganda ko‘p zararlanadi. Bilak nervi elka suyagi jarohatlari, qo‘lga qo‘yilgan gipslar, bilakni rezina bilan siqib bog‘lash (masalan, qon to‘xtatish maqsadida), elkaning tashqi yuzasiga qilingan in’eksiya qilganda (nervning anomal joylashuvi) kuzatiladi, qo‘l gavdaning tagida uzoq vaqt qolib ketgan holatlar (uxlaganda) va turli intoksikatsiyalarda zararlanadi.
       
Klinikasi. Bemor qo‘l panjasini tepaga yoza olmaydi, barmoqlarini bir-biriga yaqinlashtira olmaydi. Bemordan qo‘lini vertikal holatda ushlab turish so‘ralsa, qo‘l panjasi osilib qoladi va barmoqlar esa yarim bukilgan holatda qoladi. Buni «osilib qolgan qo‘l panjasi» sindromi deb ham atashadi. Agar bemor qo‘lini oldinga cho‘zsa, uning qo‘l panjasi bilak-kaftusti bo‘g‘imida pastga bukilib osilib qoladi. Bu sindrom go‘yoki saroy malikasi qo‘lini o‘ptirish uchun cho‘zib turgandagi holatni eslatadi. Qo‘lni tirsak bo‘g‘imida bukib-yozish buzilmaydi.
      
Qo‘l panjasi va barmoqlarni yozuvchi muskullarda atrofiyalar ham kuzatiladi. Nervning tirsak bo‘g‘imidan yuqori qismi zararlansa, triseps refleks pasayadi. Qo‘lning tirsak bo‘g‘imidan pastki qismida tashqi tomondagi muskullar ozadi va ushbu sohada gipesteziya kuzatiladi. Gipesteziya kaftning radial qismining orqa yuzasida va 1- va 2-barmoqlar hamda 3-barmoq yarmining orqa tomonida kuzatiladi. Og‘riq va vegetativ buzilishlar deyarli uchramaydi.

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
              © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив