BOSh MIYaDA KISTA BO‘LIShI XAVFLIMI?
MRT tekshiruvidan so‘ng ba’zi bemorlarning boshida kista (bo‘shliq) aniqlanadi. Aksariyat bemorlar bundan xavotirga tushib qolishadi: “Boshimda kista bor ekan, u kattalashib ketmaydimi, uni operatsiya qilish kerak emasmi?”.
Bosh miyada kista qanday hosil bo‘ladi? Nima uchun u KT yoki MRT tekshiruvlarida tasodifan aniqlanib qoladi? Kista ko‘pincha bosh miyaning orqa ensa chuqurchasi sohasida aniqlanadi. Bora-bora aksariyat kistalar so‘rilib bitib ketadi, boshqa birlari esa odam umrining oxirigacha saqlanib qoladi.
Kista paydo bo‘lishining asosiy sabablari – bular erta bolalik davrida o‘tkazilgan bosh miya jarohatlari (ayniqsa, ensa bilan yiqilishlar) va miya pardalarida o‘tkazilgan yallig‘lanish kasalliklari. Buning oqibatida miyaning ikki pardasi orasi ochilib, u erda miya suyuqligidan iborat bo‘shliq shakllanadi.
Bu bo‘shliq, ya’ni kista turli hajmga etib, o‘sishdan to‘xtab qoladi. Bosh miyaning orqa qismida, ya’ni ensa sohasida joylashgan aksariyat kistalar xavfli emas. Bosh miyaning chakka sohasida shakllangan kistalar esa nevropatolog nazoratini talab qiladi.
Demak, bosh miyasida kista aniqlangan bemorlar xavotirga tushmasdan, malakali nevropatolog ko‘rigidan o‘tishlari va uning maslahatiga quloq tutishlari lozim
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat., 4-nashr. Ilmiy-ommabop risola. T, 311 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha