BOSh MIYaNING BOSILIShI
Bosh miya bosilishi kraniotserebral jarohatlarning 3–5% ida kuzatiladi va hayot uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Bosh miya bosilishining asosiy sabablari – intrakranial gematomalar, tsingan kalla suyagining miyaga botib qolishi, subdural gigroma, intrakranial bo‘shliqlarda havo to‘planib (pnevmotsefaliya) qolishidir. Bosh miya bosilishi belgilari jarohatdan so‘ng darrov yoki biroz vaqt (yorug‘lik davri) o‘tgach rivojlanadi. O‘choqli va diffuz nevrologik simptomlarning kuchaya borishi, hushning yo‘qolishi bosh miya bosila boshlaganidan dalolat beradi. Piramidal simptomlar (falajliklar), epileptik xurujlar, koordinator buzilishlar, bir tomonlama midriaz, nistagm va g‘ilaylik kabi belgilar paydo bo‘ladi yoki kuchayib boradi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha