Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Bosh miyaning qon bilan ta’minlanishi

Bosh miyaning qon bilan ta’minlanishi


Chap ichki uyqu arteriyasi (a.sarotis interna sinistra) o‘ng uyqu arteriyasiga (a.sarotis interna dextra) qaraganda ko‘p zararlanadi. Chunki a.sarotis interna sinistra aortadan bevosita boshlanuvchi umumiy uyqu arteriyasi (a.carotis communis sinistra) ning davomi hisoblanadi. Shuning uchun ham unda bosim kuchli bo‘ladi. Demak, bosh miyaning chap yarim shariga qon quyidagi yo‘nalishda oqib keladi: yurak → aorta ravog‘i → chap umumiy uyqu arteriyasi → chap ichki uyqu arteriyasi → bosh miyaning chap yarim shari. Bosh miyaning o‘ng yarim shariga esa qon quyidagi yo‘nalishda oqib keladi: yurak → aorta ravog‘i → elka-kalla poyasi → o‘ng umumiy uyqu arteriyasi → o‘ng ichki uyqu arteriyasi → bosh miyaning o‘ng yarim shari.
Elka-kalla poyasidan (truncus brachiocephalicus) o‘ng umumiy uyqu arteriyasidan tashqari o‘ng o‘mrov osti arteriyasi (a.subclavia dextra) ham boshlanadi. Shu bois o‘ng umumiy uyqu arteriyasida bosim chap umumiy uyqu arteriyasiga qaraganda past bo‘ladi. Chap o‘mrov osti arteriyasi (a.subclavia sinistra) esa bevosita aorta ravog‘idan boshlanadi. Demak, 3 ta magistral arteriya aorta ravog‘idan boshlanadi. Bular: chap umumiy uyqu arteriyasi (a.carotis communis sininstra), elka-kalla (truncus brachiocephalicus), chap o‘mrov osti arteriyasi (a.subclavia sinistra) .
 


  • Peshona va tepa bo‘laklari medial yuzasining po‘stlog‘ va po‘stlog‘ osti sohalari;
  • Miyaning tashqi yuzasining eng yuqori qismlari;
  • Oldingi va orqa pushtalarning yuqori qismlari;
  • Miyaning orbital qismi;
  • Hidlov trakti;
  • Targ‘il tananing oldingi beshdan to‘rt (5/4) qismi;
  • Dumli yadroning boshi va tashqi qismi;
  • Lentikulyar yadroning oldingi qismi;
  • Ichki kapsulaning oldingi soni


Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Z. Ibodullayev. Insult va koma. Qo`llanma. Toshkent, 2013., 193 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
              © asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив