Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi JAKOB-NEGRI SINDROMI (Sfenoidal yoriq sindromi)

JAKOB-NEGRI SINDROMI (Sfenoidal yoriq sindromi)


Sfenoidal yoriq sindromi, yani Jakob-Negri sindromi kalla suyagi bo‘shlig‘idan yuqori ko‘z yorig‘i (sfenoidal yoriq) orqali ko‘z kosasiga kiruvchi III, IV va VI nervlar hamda r. ophthalmicus birgalikda zararlanishiga sfenoidal yoriq sindromi deb aytiladi. Kasallik belgilari bir tomonda kuzatiladi. Jakob-Negri sindromi burun-halqum sohasidan o‘rta kranial chuqurchaga o‘sib kirgan o‘smalar yoki birato‘la sfenoidal yoriq sohasida o‘sgan o‘smada, ichki uyqu arteriyasining kavernoz qismi anevrizmasida paydo bo‘ladi. Ushbu sindromning asosiy belgilari – zo‘rayib boruvchi oftalmoplegiya, ekzoftalm va peshona sohasida kuzatiluvchi trigeminal og‘riqlar.

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
              © asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив