Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi JISMONIY TARBIYa VA SPORT NEVROZ VA DEPRESSIYaDAN ChIQARADIMI?

JISMONIY TARBIYa VA SPORT NEVROZ VA DEPRESSIYaDAN ChIQARADIMI?


Albatta chiqaradi! Bunga hech qanday shubha yo‘q va bu barcha davlatlarda isbot qilingan. Harakatga bo‘lgan motivatsiyaning so‘nishi nevroz va depressiyaga xos bo‘lgan belgilardan biridir. Avvallari bemorlarni depressiyadan chiqarishda jismoniy tarbiya imkoniyatlariga jiddiy e’tibor berilmagan. 
       2005-2010 yillarda bir qator davlatlarda o‘tkazilgan maxsus ilmiy-tadqiqot ishlari shuni ko‘rsatdiki, nevroz va depressiyani davolashda jismoniy tarbiya imkoniyatlari psixoterapiya va farmakoterapiya bilan bir qatorda turadi. Hatto 2015 yili Evropalik mutaxassislar o‘tkazgan tajribalar jismoniy tarbiyaning o‘zi bilan bemorni nevroz va depressiyaning engil turlaridan butkul chiqarish mumkinligini isbot qilishgan. Jismoniy tarbiya va sportni musiqaterapiya bilan birgalikda olib borish esa davolash samaradorligini yanada oshiradi. 
        Shuningdek, depressiyada kuzatiladigan psixosomatik buzilishlar, ayniqsa, doimiy bosh og‘riqlar hamda arterial gipertenziya belgilari yugurish, suzish va engil badantarbiya bilan shug‘ullana boshlaganlarda 2-3 oy ichida barham topadi. 
Nima uchun shunday? Jismoniy harakatlar bilan nevroz va depressiya orasida qanday bog‘liqlik bor? Mana o‘sha bog‘liqliklar: 
  1. Jismoniy harakatlar miyada kayfiyat gormonlari hisoblanmish endorfinlar va serotonin miqdorini oshiradi.
  2. Arterial qon bosimi oshishida asosiy omillardan biri bo‘lgan qondagi adrenalin va kortizol miqdorini pasaytiradi. 
  3. Organizmning umumiy tonusi oshadi va ichki a’zolar, ayniqsa, qon aylanish tizimi faollashadi.
  4. Organizmda T- va V-limfotsitlar miqdori oshib, immunitet mustahkamlashadi va virusli infektsiyalarga chidamlilik oshadi.
  5. Bemorning o‘jarligi kamayib, psixoterapevt bilan muloqot qilish osonlashadi, bemor tezroq nevroz va depressiyadan chiqadi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat., 4-nashr. Ilmiy-ommabop risola. T, 311 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi.  
             © asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив