Likvor ishlab chiqarilishi va aylanishi
Miya qorinchalaridagi ependimal hujayralarning xorioidal chigallarida ishlab chiqariladigan suyuqlikka likvor deb aytiladi. Likvorning katta qismi yon qorinchalarda, qolgan qismi III va IV qorinchalarda ishlab chiqariladi. Likvorning ikkinchi nomi – tserebrospinal suyuqlik. Bir kunda 400-450 ml likvor ishlab chiqariladi va qayta so‘rilib turadi. Likvor ishlab chiqarilishi bir soniya ham to‘xtamaydi. Likvorning miya qorinchalari, tsisternalar va subaraxnoidal bo‘shliqda saqlanadigan miqdori – 120-150 ml.
Likvor tarkibi. Sog‘lom odamda likvor shaffof suvdek tiniq va rangsiz bo‘ladi. Oqsil miqdori 0,15-0,33 g/1, qand miqdori 2,5-3,5 mmol/1, xloridlar 120-128 mmol/l, nisbiy zichligi 1003-1006, RN – 7,3-7,4. Shuningdek 1 ml likvorda limfositlar soni 0-5 ta. Likvor bosimi gorizontal holatda 100-200, o‘tirgan holatda 200-400 mm suv ust. ga teng.
Likvor aylanishi. Likvor yon qorinchalardan Monro teshigi orqali III qorinchaga tushadi (13.14-rasm).

Likvor funktsiyalari. 1) Bosh miya va orqa miyani mexanik jarohatlardan asraydi; 2) Intrakranial bosimni me’yorda ushlab turadi; 3) Bosh miya va orqa miyaning moddalar almashinuvida ishtirok etadi; 4) MNS dan moddalar almashinuvi tufayli hosil bo‘lgan metabolitlarni chiqarib turadi; 5) Miya tuzilmalarida suv-elektrolit muvozanatini ta’minlashda ishtirok etadi.
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Обуна бўлиш
Ва биринчи бўлиб билинг!
Ва биринчи бўлиб билинг!
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha